Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Oldi-sotdi shartnomasi rasmiylashtirilishida to‘lovlarni kim tomonidan va qanday amalga oshiriladi?


Oldi-sotdi shartnomasi rasmiylashtirilishida to‘lovlarni kim tomonidan va qanday amalga oshiriladi?

Aytish kerakki, oldi-sotdi shartnomasi fuqarolik huquqining asosiy institutlaridan biri hisoblanadi.
Endilikda oldi-sotdi shartnomasining mavzui mulkchilikning turli shakliga mansub bo‘lgan mol-mulkdan, ashyolardan (masalan, ishlab chiqarish vositalari, ko‘char va ko‘chmas mol-mulklar, iste’mol xususiyatiga ega bo‘lgan va
bo‘lmagan ashyolar) hamda uni tuzishda qatnashuvchi taraflar, ya’ni fuqarolardan ham, yuridik shaxslardan ham iborat bo‘lishi mumkin.
Fuqarolik kodeksining 386-moddasiga ko‘ra, oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha bir taraf (sotuvchi) tovarni boshqa taraf (sotib oluvchiga) mulk qilib topshirish majburiyatini, sotib oluvchi esa, bu tovarni qabul qilish va uning uchun belgilangan pul summasi to‘lash majburiyatini oladi.
Aytish kerakki, oldi-sotdi shartnomasi tuzilganda uning taraflari o‘rtasida muayyan huquq va majburiyatlar paydo bo‘ladi. Ularni bajarmaslik salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bunday oqibatlarning yuz bermasligi, avvalambor, sotuvchining o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga bog‘liq. Shunday ekan, sotuvchi shartnoma bo‘yicha kelishilgan tovarni sotib oluvchiga o‘z vaqtida va kamchiliklarsiz topshirishi maqsadga muvofiq.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-noyabrdagi 726-son qaroriga 1-ilova “Notariuslar tomonidan ko‘chmas mulklarni boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlashning Ma’muriy reglamenti” notarius tomonidan ko‘chmas mulklarni boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimlarni (ko‘chmas mulkning oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash, umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joyni boshqa shaxsga berish shartnomalari va boshqa shu kabi bitimlarni) (keyingi o‘rinlarda — bitim) tasdiqlash tartibini belgilaydi.
Bitimni tasdiqlashda notarius tomonidan «Davlat boji to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining miqdorlariga asosan davlat boji va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadigan Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun undiriladigan to‘lovlar miqdorlari doirasida huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun haq undiriladi.
Bitim gerbli maxsus blankada chop etilgan hollarda qonunchilik hujjatlariga muvofiq gerb yig‘imi undiriladi.
Tasdiqlanayotgan bitim, shu jumladan bitimni tasdiqlash uchun murojaat qilgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar Tizimga to‘liq kiritilganidan so‘ng notarial harakat uchun undiriladigan to‘lovlar miqdori Tizimda avtomatik ravishda hisoblanadi.
Bitim loyihasi taraflarga o‘qib tanishib chiqish uchun taqdim etilgandan keyin Tizim orqali to‘lov kvitansiyalari (invoys) bitimni tasdiqlash uchun murojaat qilgan shaxsga chiqarib beriladi hamda uning Tizimga kiritilgan mobil telefoni raqamiga to‘lovlarning miqdori, notarial harakatni tasdiqlash kodi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining «ishonch telefoni» raqami ko‘rsatilgan SMS xabar yo‘llanadi.
Bitim to‘lovlar amalga oshirilganligi haqidagi ma’lumotlar Tizimga kelib tushgandan hamda notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxs notarial harakatni tasdiqlash kodini notariusga berganidan so‘ng tasdiqlanadi.
To‘lovlar amalga oshirilganligi haqidagi ma’lumot (invoys) Tizimda saqlanadi.
Bitim davlat bojining imtiyozli to‘lanishiga huquq beruvchi yaqin qarindosh bo‘lgan shaxslar o‘rtasida tuzilayotgan bo‘lsa, ularning qarindoshligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi va ularning kseronusxasi olib qolinadi.

Bo‘zatov tumani
davlat notarial idorasi
notarius yordamchisi                                                           N.Jumaniyazova