Янгиликлар
12
O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish ko‘lami kengaytirildi
O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish ko‘lami kengaytirildi
“O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Prezident qarori qabul qilindi. Ushbu qarorning asosiy maqsadi oilalardagi o‘zgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslarga ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar turlari va qamrovini kengaytirish orqali oilalarning mehnat qilish imkoniyatini cheklovchi omillarni bartaraf etish hisoblanadi.Qarorga muvofiq 2025-yil 1-iyundan boshlab o‘zgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Faol hayotga qadam” dasturi joriy etilishi belgilandi. Dastur doirasida quyidagi 5 turdagi yangi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yiladi:
(a) uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam ko‘rsatish xizmati;
(b) uy sharoitida qarab turish xizmati;
(v) tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmati;
(g) kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati;
(d) shaxsiy yordamchi xizmati
Dastur doirasida yo‘lga qo‘yiladigan ijtimoiy xizmatlardan foydalanish xarajatlarining bir qismini vaucher asosida qoplab berish tizimi joriy etiladi.
Qonliko‘l tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti J.Otemisova