Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab o‘zini o‘zi band qilgan shaxsar uchun faoliyat turlari ro‘yxati qisqartiriladi


O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab o‘zini o‘zi band qilgan shaxsar uchun faoliyat turlari ro‘yxati qisqartiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-mart kungi “Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 50-sonli Farmoni imzolandi.
Ushbu farmonning 2-ilovasi “2026-yil 1-yanvardan boshlab o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxati” asosan 2026-yil 1-yanvardan boshlab o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun yangi ro‘yxatga elektron savdo maydonchalarida (marketpleyslarda) tovar va xizmatlarning chakana savdosi, shuningdek, nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish hamda parrandachilik faoliyat turlari bilan boyitildi hamda shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari 104 tadan 72 taga qisqaradi.
ular:
1. Bolalarga qarab turish va ularni parvarish qilish bo‘yicha jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan xizmatlar;
2. Oilaviy bolalar uyini tashkil etish va faoliyatini yuritish;
3. Bemorlar hamda doimiy ravishda o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksa kishilarga qarab turish va ularni parvarish qilish bo‘yicha jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan xizmatlar;
4. Uy xo‘jaligini yuritish va uy ishlarini bajarish, shu jumladan, turar joylarni tozalash, ovqat pishirish bo‘yicha uy xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatish;
5. Jismoniy shaxslarning santexnika uskunalarini mayda ta’mirlash va o‘rnatish;
6. Jismoniy shaxslarga kvartira ichida (shaxsiy qurilish ishlarida — uy ichida) elektr montaj xizmatlari ko‘rsatish (elektr xavfsizligi bo‘yicha ruxsati bo‘lganda) ;
7. Dehqon xo‘jaliklari va fuqarolarning tomorqa yer uchastkalarida yer chopish va rekultivatsiya ishlari;
8. Fermer xo‘jaliklari egalari, pilla yetishtirish va ipak qurti urug‘chiligi tashkilotlari buyurtmasi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ishlari (qishloq xo‘jaligi o‘simliklari, ipak qurtini va hayvonlarni parvarish qilish, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilini yig‘ish, tut ko‘chatlarini ekish va boshqa qishloq xo‘jaligi ishlari);
9. Fuqarolarning dala-hovli va tomorqa uchastkalari landshaftini barpo etish ishlari;
10. Qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini ekish va parvarish qilishda, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilini yig‘ib olishda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalari egalariga yordam berish;
11. Chorva mollarini o‘tlatish, ularni parvarish qilish, shu jumladan, urug‘lantirish, qo‘zilatish, qirqish va dag‘al xashak jamg‘arish ishlari;
12. Jismoniy shaxslarga kompyuterlarni ta’mirlash va sozlash xizmatlarini ko‘rsatish, litsenziyalangan dasturiy ta’minot o‘rnatish ishlari;
13. Buyurtmachining uyida bajariladigan maishiy texnikani o‘rnatish va ta’mirlash;
14. Jismoniy shaxslarning avtomobillarini yuvish, avtomobillar kuzovlarini silliqlash;
15. Mexanizatsiya vositalarini qo‘llamay, uyda bajariladigan yuk ortish-yuk tushirish ishlari;
16. Xalq tabobati (litsenziyasi bo‘lganda);
17. Xususiy shaxslarga bosh xizmatkor va konsyerj xizmatlarini ko‘rsatish;
18. Buyurtma asosida tovarlarni yetkazib berish (yuk tashish bundan mustasno);
19. Bozorlar va savdo komplekslarida mayda yuklarni aravalarda tashish;
20. Ilgari foydalanilgan tovarlarni sotib olish va sotish;
21. Velosipedlarni ta’mirlash;
22. Rassomlik;
23. Aholining yakka tartibdagi buyurtmalari bo‘yicha poyabzal tikish, poyabzalni ta’mirlash, bo‘yash va tozalash;
24. Kalitlar tayyorlash;
25. O‘lchov vositalari tayyorlash va ijaraga berish;
26. Kesuvchi buyumlar va asboblarni charxlash;
27. Musiqa asboblarini ta’mirlash va sozlash;
28. Milliy non va patirlarni tayyorlash va sotish;
29. Tulumni shishirish xizmatlari (taksidermik ishlar);
30. Namoyishlarda kiyimlar modelini namoyish qilish, rasmli jurnallarda, reklama filmlari va video kliplarda suratga tushish;
31. Multimedia, dizayn va san’at materiallarini yaratish va ishlov berish (veb-dizayner, grafika dizayneri, kompyuter o‘yinlari dizayneri, interyer dizayneri, landshaft dizayneri, liboslar dizayneri, retusher, fotokollajchi, vektor grafikasi muharriri, arxitektor, vizuallashtiruvchi dizayner, ma’lumot dizayneri, interfeys dizayneri, texnik dizayner, moushn-dizayner, banner yasovchi, nashriyot dizayneri, flesher, 3D-dizayner, videomuharrir, videooperator, bastakor, ovoz rejissori, aranjirovkachi, suxandon, fotomuharrir va boshqalar);
32. Dasturiy ta’minot, axborot tizimlari, mobil ilovalar va veb-saytlarni ishlab chiqish va texnik qo‘llab-quvvatlash (dasturchi, dasturiy ta’minotni sinovchi mutaxassis, veb-sahifalarni sahifalovchi, veb-tahlilchi, veb-saytlarni optimizatsiyalash bo‘yicha mutaxassis);
33. Elektron savdo maydonchasida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) chakana sotish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish;
34. Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyat (PR-menedjer, internet-marketolog, ijtimoiy tarmoqlarda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ilgari surish va reklama qilish (SMM), ijtimoiy tarmoq sahifalari administratori, akkaunt-menejer, marketolog, link-menejer, targetolog, kontekst-reklama bo‘yicha mutaxassis, direktolog, media rejalashtiruvchi, SMO mutaxassisi);
35. Kadrlar tanlash sohasidagi faoliyat (internet-loyihalar bilan ishlovchi menejer, frilanserlar guruhi rahbari, NR-menejer, rekruter, shaxsiy assistent);
36. Onlayn konsultatsiya berish (onlayn-konsultant, onlayn-trener, moliyaviy maslahatchi, vebinar olib boruvchi);
37. Nomoddiy madaniy meros obyektlarini (dorboz, askiya va lapar) asrash va ulardan foydalanish (madaniyat markazlari tarkibida faoliyat yuritayotgan shaxslar bundan mustasno);
38. Uy sharoitida xonaki tovuqlarni yetishtirish va ko‘paytirish;
39. Hamshiralik ishi;
40. Uy hayvonlari (qoramol, qo‘y, echki, ot va boshqalar) bozorlarida vositachilik xizmati;
41. Avtomobil bozorlarida vositachilik xizmati;
42. Uyda sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash va sotish xizmati;
43. Gips va ganchdan buyumlar yasash (uy jihozlari, ertak qahramonlari haykallarini yasash);
44. Tosh va tosh mahsulotlaridan yodgorlik, suvenir va dekorativ buyumlar tayyorlash;
45. Yog‘och mahsulotlaridan savat, non mahsulotlari uchun maxsus idish va boshqa buyumlarni to‘qish;
46. Uy sharoitida pilla yetishtirish, shaxsiy tomorqa yer uchastkasida tut mevasi, niholi va ko‘chatini yetishtirish, uyda ipak mato, ipak gilam to‘qish va sotish;
47. Kulolchilik;
48. Kibersport faoliyati;
49. “O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining stipendiyasi” tayinlangan sportchilar faoliyati;
50. Teri xomashyosini yig‘ish va tayyorlash;
51. Junni yig‘ish va tayyorlash;
52. Qayta ishlangan jundan kiyimlar va boshqa buyumlar to‘qish;
53. Uy sharoitida loydan tandir tayyorlash;
54. Atlas va adras to‘qish;
55. Mayda munchoq (biser) tikish;
56. Do‘ppido‘zlik mahsulotlarini uy sharoitida tayyorlash;
57. Temirchilik mahsulotlarini uy sharoitida tayyorlash;
58. Asalarichilik, shuningdek, asalari uyasi va ramkalarini yasash;
59. Quroqchilik usulida ko‘ylak, ko‘rpa va yopinchiqlar tikish;
60. Qo‘ziqorinlarni terish, uy sharoitlarida yetishtirish va sotish;
61. Pichoq tayyorlash, charxlash va sotish;
62. Qog‘ozdan qutilar, banderollar tayyorlash;
63. Uy sharoitida issiqxona mahsulotlarini yetishtirish;
64. Tayyor mahsulotga etiketka biriktirish;
65. Uy sharoitida bolalar o‘yinchog‘i ishlab chiqarish;
66. Uy sharoitida supurgi yetishtirish va tayyorlash;
67. Yassi oyoqli bolalar oyoq kiyimlarini tayyorlash;
68. Milliy taqinchoqlar yasash;
69. Kandakorlik, miskarlik buyumlarini uy sharoitida tayyorlash;
70. Dag‘al jundan gilam, ko‘rpa va yostiq tayyorlash;
71. Artemiya sistalarini yig‘ish va topshirish;
72. Yengil avtotransport vositasida yo‘lovchilarni shahar, shahar atrofi va shaharlararo tashish (litsenziya varaqasi bo‘lganda).

Qo‘yidagilar ro‘yxatdan chiqarib tashlanadi:
1. Uyda yoki davlat ta’lim muassasalarining foydalanilmayotgan bino va inshootlari xonalarida repetitorlik qilish — bolalar va kattalar bilan ta’lim fanlari bo‘yicha yakka tartibda hamda guruh bo‘lib mashg‘ulotlar o‘tkazish;
2. Xonalarni tozalash, jismoniy shaxs hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish;
3. Uyda jismoniy shaxslarning mebellarini ta’mirlash va yig‘ish;
4. Jismoniy shaxslarga murakkab bo‘lmagan umumiy qurilish, qurilish-ta’mirlash ishlari (beton quyish, bo‘yoqchilik, suvoqchilik ishlari, g‘isht va kafel terish, perforatsiya, duradgorlik, chilangarlik va boshqa umumiy qurilish ishlari);
5. Jismoniy shaxslarning shaxsiy avtomobillarini mayda ta’mirlash, ularga aksessuarlar va avtosignalizatsiya o‘rnatish, g‘iloflar va pol qoplamalarini tikish;
6. Makulatura, plastik idish, temir-tersak va qo‘shimcha xom ashyo to‘plash.
7. Yog‘och me’morchiligi (bolalar maydonchalari va park zonalari uchun yog‘ochdan yasalgan qurilmalar, haykallar).
8. Metall ta’mirlash ishlari (uyda amalga oshiriladigan maishiy metall buyumlarini ta’mirlash (kalitlarning dublikatlarini tayyorlash, soyabonlarni ta’mirlash, boshqa maishiy metall buyumlarini oddiy ta’mirlash).
9. Uyda popkorn, frezerda muzqaymoq tayyorlash va sotish.
10. Dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan chakana savdo qilish;
11. Gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan chakana savdo qilish;
12. Sartaroshlik xizmatlari, manikyur, pedikyur xizmatlari;
13. Kosmetolog xizmatlari va shunga o‘xshash boshqa xizmatlar;
14. Uyda kir yuvish va dazmollash xizmatlari;
15. Tikuv, mo‘yna, charm va trikotaj buyumlarni, bosh kiyimlarni va to‘qimachilik galantereyasi buyumlarini ta’mirlash, aholining yakka tartibdagi buyurtmasi bo‘yicha tikuv va trikotaj buyumlarini, bosh kiyimlarini va to‘qimachilik galantereyasi buyumlarini tikish;
16. Gazlamalarga naqshlar solish (gazlamalar va kiyim ashyolarini qo‘lda bo‘yash, gazlamalarga, shu jumladan trafaretli bosma va qo‘lda rasm chizish usuli bilan rasmlar solish);
17. Yakka tartibda deraza va eshik pardalarini tikish va ta’mirlash, kashtachilik;
18. Galantereya buyumlarini tayyorlash va ta’mirlash;
19. Bijuteriya va jevaklarni tayyorlash va ta’mirlash;
20. Gulchambarlar (shu jumladan, motam gulchambarlari), sun’iy gullar, ikebana, gul marjonlarini tayyorlash;
21. To‘siqlar, haykallar, metalldan yasalgan gulchambarlarni tayyorlash va ta’mirlash;
22. Akvarium baliqlari, dekorativ qushlar va boshqa hayvonlarni ko‘paytirish va sotish;
23. Video va fotosuratga olish xizmatlar;.
24. Qadoqlash uskunalaridan foydalanmagan holda uy sharoitida milliy shirinliklar, qandolat mahsulotlarini tayyorlash va sotish;
25. Salatlar va tuzlamalarni tayyorlash va sotish, shuningdek, uy sharoitida donalab sotiladigan taomlarning ayrim turlarini tayyorlash va o‘tirish joylarini tashkil etmasdan yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan ajratilgan maxsus joylarda sotish;
26. Uyda quyib sotish uchun salqin ichimliklar, ayron, go‘ja hamda qurt tayyorlash va sotish;
27. To‘garaklar tashkil etish va yuritish;
28. Gullar va dekorativ daraxtlar yetishtirish va sotish (shu jumladan, bonsay san’ati);
29. Reklama bukletlarini tarqatish, uyda operatorlar tomonidan buyurtmalar qabul qilish;
30. Muqovalash ishlari;
31. Gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilar xizmatlar;.
32. Matnni yaratish va ishlov berish (kopirayter, rerayter, SEO-kopirayter, SEO-rerayter, musahhih, kontent-menejer, muharrir, e-mail orqali xatlarni jo‘natish bo‘yicha mutaxassis, spichrayter, transkriber va boshqalar);
33. Riyeltorlik xizmatlarini ko‘rsatish (ijaraga uy-joy topishda, shuningdek, uy-joy sotib olishda yordam berish);
34. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini mahallalarda yig‘ish va faqat mahalliy eksport qiluvchi korxonalarga sotish.

Ushbu kasblar vakillari 2026-yil 1-yanvardan boshlab yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.


Ellikqal‘a tumani adliya bo‘limi
Davlat xizmatlari markazi direktori                                         N.Xadjiyev