Янгиликлар
12
Majburiy mehnat taqiqlanadi
Jamiyatda keng tarqalgan, ammo ko‘pincha e’tibordan chetda qoladigan muammo – majburiy mehnat. Konstitutsiyamiz va xalqaro konvensiyalar majburiy mehnatni qat’iyan taqiqlaydi, lekin bu holatlar hali ham uchramoqda.
1. Majburiy mehnat bu o‘zi nima?
Majburiy mehnat – bu shaxsning ixtiyoriy roziligisiz, qo‘rqitish, qarz yoki boshqa usullar bilan mehnatga majburlashdir. Bu faqatgina qonun bilan belgilangan hollarda (masalan, harbiy xizmat yoki favqulodda vaziyatlarda) qo‘llanilishi mumkin.
2. Majburiy mehnatning Qonuniy jihatdan taqiqlanishi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasida – Sud qarori bilan tayinlangan jazoni ijro etish tartibidan yoxud qonunda nazarda tutilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi.. VA
Xalqaro Mehnat Tashkiloti (ILO) Konvensiyalari (29 va 105-sonli) – majburiy mehnat inson huquqlarining qo‘pol buzilishidir. Deya belgilanilgan.
4. Majburiy mehnat oqibatlari:
Ijtimoiy tomondan: Mehnat sharoitlari yomonligi, inson qadr-qimmatining pasayishiga olib keladi.
Iqtisodiy tomondan: Majburiy mehnat samaradorlikni oshirmaydi, balki iqtisodiyotga zarar yetkazadi.
5. Majburiy mehnatga duch kelsangiz Nima qilish kerak?
Huquqni buzgan holatlarda Prokuratura yashil chizig‘i (1188) yoki Mehnat inspeksiyasiga murojaat qilish.
Jamiyatda xabardorlikni oshirish – har kim o‘z huquqlarini bilishi kerak!
Majburiy mehnat – nafaqat qonunga, balki insonlikka xiyonatdir. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun hammamiz javobgarmiz.
Amudaryo tumani adliya bo‘limi
Davlat xizmatlari markazi
bosh mutaxassisi B.Qadamov