Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tashkil etildi


O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2025-yil 19-martda “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 171-sonli qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi, Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazi,
X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Sud ekspertlarining malakasini oshirish o‘quv markazi hamda Arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazi negizida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tashkil etildi.
2025-yil 1-apreldan boshlab:
-adliya organlari va muassasalari xodimlari hamda yuridik xizmat, advokatura va notariat sohalari bo‘yicha yuridik kadrlarning bilim va ko‘nikmalarini doimiy oshirib borishni nazarda tutuvchi kredit-modul mexanizmiga asoslangan uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi joriy etiladi;
-davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, davlat ishtirokidagi korxonalar hamda boshqa tashkilotlarning yangi ishga qabul qilingan arxiv ishi va ish yuritishga mas’ul xodimlari hamda arxiv mutaxassislari olti oy ichida va keyinchalik har uch yilda bir marotaba o‘z malakasini oshiradi;
-pedagog kadrlar va sud ekspertlarini qayta tayyorlash kurslarida mashg‘ulotlar dual ta’lim prinsipi asosida tashkil etiladi.;-davlat huquqiy siyosati sohasida yaxlit ilmiy tadqiqotlar tizimini yaratish maqsadida tegishli ixtisosliklar, shu jumladan, arxiv ishi va ish yuritish sohasi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim joriy etiladi;
-Institut tadqiqotchilarini tadqiqot sohalari bo‘yicha tashkilotlarga biriktirish amaliyoti joriy etiladi, ularning ilmiy-tadqiqot mavzulari biriktirilgan sohalarning aniq muammolarini hal etishga yo‘naltiriladi;
-adliya organlari va muassasalari xodimlariga navbatdagi martaba darajalari ular Institutning maxsus malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli bitirgandan so‘ng beriladi.
2025-yil 1-maydan boshlab oilaviy mediatsiya ishlari bo‘yicha fuqarolar yig‘ini raislari professional mediatorlikka bepul o‘qitiladi.
-2025-yil davomida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi bilan kelishilgan holda har bir tumanda (shaharda) 5 nafardan fuqarolar yig‘ini raislari o‘qitiladi.
-kelgusida barcha fuqarolar yig‘ini raislari professional mediatorlikka bosqichma-bosqich o‘qitib boriladi.
-professional mediatorlikka o‘qitilgan fuqarolar yig‘ini raislari otaning (onaning) voyaga yetmagan farzandlari uchun ota-onalik huquqlarini ta’minlash bilan bog‘liq nizolar bo‘yicha mediatorlik faoliyatini bepul amalga oshiradi.
2025-2026-yillarda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida huquqiy fanlardan dars beradigan oliy noyuridik ma’lumotga ega pedagog kadrlar kasbiy qayta tayyorlash kurslarida bepul o‘qitiladi.

Taxiatosh tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig’i         O.Babanov