Янгиликлар
22
My.gov.uz portalining qulayliklari
My.gov.uz portalining qulayliklari
My.gov.uz – portali hozirgi kunda raqamlashtirish jarayonlari fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimida sezilarli yengilliklar yaratmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy etilgan My.gov.uz yagona interaktiv davlat xizmatlari portali shu yondashuvning muhim mahsulidir.
“Elektron hukumat to‘g‘risida”gi 2015-yil 9-dekabr kungi O‘RQ-395-son Qonuni va boshqa tegishli me’yoriy hujjatlar asosida, mazkur portal fuqarolarga davlat xizmatlarini elektron shaklda olish imkoniyatini yaratadi.
Portalning asosiy qulayliklari: Fuqarolar istalgan vaqtda, istalgan joydan portaldan foydalanib, xizmatlardan onlayn tarzda foydalana oladi.
Tashriflarsiz hujjat topshirish: Ko‘plab xizmatlar, masalan, tug‘ilganlik haqida guvohnoma olish, pasport muddatini uzaytirish, ijara shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish va boshqa ko‘plab hujjatlarni elektron shaklda topshirish imkonini beradi.
Shaffoflik va nazorat: Har bir murojaat portalda ro‘yxatga olinadi va foydalanuvchi murojaatining holatini real vaqt rejimida kuzatishi mumkin.
Mobil ilova va bildirishnomalar: My.gov.uz mobil ilovasi orqali ham xizmatlardan foydalanish, ogohlantiruvchi xabarnomalar olish mumkin.
To‘lov tizimlari bilan integratsiya: Davlat bojlari, jarimalar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni portaldan chiqmay turib, onlayn to‘lash mumkin.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsam, My.gov.uz portali – bu fuqarolar va davlat o‘rtasidagi muloqotni soddalashtiruvchi, zamonaviy va huquqiy jihatdan asoslangan raqamli platforma. U nafaqat vaqt va mablag‘ni tejaydi, balki fuqarolarning huquqlarini amalga oshirishda ham katta rol o‘ynaydi.
Amudaryo tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti 2-darajali yurist J.Avezov