Янгиликлар
12
Davlat xizmatlari soni oshmoqda!!!
Mamlakatimizda aholining davlat xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini hisobga olgan holda fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari soni yildan yilga oshmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi “Davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-113-son Farmonning 7-ilovasiga muvofiq “2022 — 2026-yillarda davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini jadal rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari (indikatorlari)” tasdiqlandi. Farmonga ko‘ra davlat xizmatlari sonini oshirish rejalashtirilgan.
Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari soni 438 taga yetdi.
Joriy yil boshidan boshlab quyidagi davlat xizmatlarini ko‘rsatish joriy qilindi:
YUNЕSKOning Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarda mehmonxonalar qurish hamda mehmonxona mavjud bo‘lmagan tuman (shahar)larda kichik otellar qurish va ularni jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish;
Turoperatorlarning xalqaro turizm yarmarkasi va ko‘rgazmalaridagi pavilon ijarasi xarajatlarini qoplab berish;
Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kasaba uyushmalarining bo‘linmalarini va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarini hisobga qo‘yish;
Davlatning rasmiy va qisqartirilgan nomini firma nomiga kiritish;
Firma nomlarini band qilish uchun buyurtma berish;
Elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya;
Elektr energiyasini uzatish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya;
Elektr energiyasini taqsimlash faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya;
Elektr energiyasini saqlash faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya;
Elektr ta’minoti faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya;
Markaziy xarid qiluvchi faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya;
Elektr energiyasi bozori operatori faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya;
Elektr energiyasi savdosi faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya;
Portlovchi materiallarni olib kirish, sotib olish, saqlash, shuningdek, avtomobil va temir yo‘l transportida tashishga doir ruxsatnoma;
Davlat xaridlarida Yagona yetkazib beruvchi beruvchilar reyestriga kiritish;
Kichik hajmli kemalarni ro‘yxatdan o‘tkazish;
Kichik hajmli kemalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish;
Transport vositasini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga transport vositasining identifikatsiya raqamini shakllantirish;
Ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatini ko‘rsatish va ushbu xizmatdan foydalanish xarajatlarini subsidiya shaklida qoplash;
To‘langan ijtimoiy soliq to‘g‘risida ma’lumotnoma berish;
Avtotransport vositalari haqida ma’lumotnoma berish;
Gidrometeriologik ma’lumotnoma berish;
Nomoddiy madaniy meros obyektini nomoddiy madaniy meros obyekti ro‘yxatiga kirgan yoki kirmaganligi haqida ma’lumotnoma berish;
Bo‘sh turgan davlat obyektlari to‘g‘risida ma’lumotnoma berish;
Xo‘jalik jamiyatining to‘lovga qobiliyatsizligi (bankrotligi) to‘g‘risida ma’lumotnoma berish.
Amudaryo tumani adliya bo‘limi
Davlat xizmatlari markazi
bo‘lim boshlig‘i S.Xaytboyev