Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish.


Bugungi shiddatli va murakkab globallashuv davrida inson huquqlarining ajralmas qismi sifatida xotin-qizlarning huquqlariga rioya qilinishi sohasidagi vaziyat ham jahon hamjamiyatini tashvishga solmoqda. Ma’lumki, BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1979 yil 18 dekabrda Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiya qabul qilingan. Keyingi yillarda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasiga muvofiq xotin-qizlarni himoya qilish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyatda ayollarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik bo‘yicha murosasizlikni ta’minlash borasida qator qonun hujjatlari qabul qilindi. BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish doirasida O‘zbekistonda gender tenglikni ta’minlash, barcha xotin-qizlarning huquqlarini kengaytirishga qaratilgan 9 ta maqsad ishlab chiqilgan va izchil amalga oshirilmoqda.
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi — o‘ziga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etilishi tahdidi ostida bo‘lgan yoki tazyiq va zo‘ravonlik natijasida jabrlangan ayol jinsidagi shaxs.
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi quyidagi huquqlarga ega:
o‘ziga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etilganligi yoki ularni sodir etish tahdidi to‘g‘risidagi ariza bilan tegishli vakolatli organlarga hamda tashkilotlarga yoxud sudga murojaat etish;
maxsus markazlarda, shuningdek bepul telefon liniyasi orqali tekin huquqiy maslahat, iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordam olish;
ichki ishlar organlariga himoya orderi berish to‘g‘risidagi talab bilan murojaat qilish, himoya orderi shartlari buzilgan taqdirda esa, ularni bu haqda xabardor qilish;
sodir etilgan tazyiq va zo‘ravonlik natijasida o‘ziga yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplanishi hamda ma’naviy ziyon kompensatsiya qilinishi to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat etish.
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash hamda ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etganda davlat boji to‘lashdan ozod qilinadi.



Beruniy tumani adliya bo‘limi
FHDY bo‘limi 1 darajali inspektori  Maturazova Yulduz