Янгиликлар
12
Korrupsiya rivojlanishga to‘siq.
Korrupsiyaga qarshi kurash dunyo miqyosida bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bu illatga qarshi kurash dunyoning ko‘plab mamlakatlarini qamrab olmoqda. O‘zbekiston Respublikasi ham korrupsiyaga qarshi kurashga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Hozirgi paytda respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurash doirasida bir qator dasturlar qabul qilindi va ular bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurash doirasida Adliya vazirligi tomonidan ham bir qancha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, unda adliya tizimiga kiruvchi idoralar va muassasalar faol ishtirok etib kelmoqda.
Korrupsiya rivojlanishiga to‘siq va tubdan yo‘qolishiga erishish uchun ;
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish;
korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga barham berish, ularning oqibatlari, ularga olib keluvchi sabablar, va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi tamoyilini ta’minlash.
24.11.2016 –yil qabul qilingan Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi Qonunning 4-moddasida Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari ko‘rsatilib o‘tilgan.
Bular
qonuniylik;
fuqarolar huquqlari;
ochiqlik va shaffoflik;
tizimlilik;
davlat va fuqarolik jamiyatning hamkorligi;
javobgarlikning muqarrarligi.
Beruniy tumani adliya bo‘limi
FHDY bo‘limi 2 darajali inspektori B.Kojagulov