Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash tartibi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktabrdagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 654-sonli Qaroriga asosan Kam ta’minlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq tasdiqlangan.
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarni aniqlash, ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti ishlab chiqilgan.
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimidagi idoralararo elektron o‘zaro axborot almashinuvi doirasidagi ma’lumotlar ro‘yxatiga muvofiq tasdiqlangan.
Shuningdek, pensiya va nafaqa oluvchi fuqarolarga ularning mobil aloqa vositalariga bepul qisqa SMS xabarlar yuborish orqali quyidagi interaktiv xizmatlar ko‘rsatiladi.
pensiya va nafaqa oluvchiga uning pensiya yoki nafaqasi bank kartasi orqali o‘tkazilganligi to‘g‘risida xabardor qilib boriladi.
pensiya va nafaqalar miqdori, to‘lash shakli va tayinlash muddatlari to‘g‘risida ularning shaxsiy so‘rovlariga ko‘ra ma’lum qisqa raqamlarga ma’lumot berib boriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oliy sud va Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-apreldan boshlab FHDYning yagona elektron arxivi axborot tizimiga hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga sudlar tomonidan chiqarilgan nikohni bekor qilish to‘g‘risidagi, ota-onalik huquqidan mahrum etilganlik to‘g‘risidagi qarorlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining axborot tizimidan onlayn rejimda ushbu qarorlar chiqarilgan kunda qabul qilinishi yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining kam ta’minlangan oilalar ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish maqsadida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali 2021-yil 1-sentabrga qadar tayinlangan 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordamni avtomatik tarzda, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatishning yangi tartibiga asosan nafaqa miqdori oshishi nazarda tutilgan fuqarolardan qo‘shimcha ariza va hujjatlar talab etmagan holda, kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqalari to’lanishi yo’lga qoyildi.
Bunda, 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi hamda kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam miqdorlari oiladagi 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar sonini inobatga olgan va amaldagi to‘lov muddatlaridan kelib chiqqan holda qayta hisoblanadi.


Ellikqal’a tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi bosh yuriskonsulti  S.Nurmaxashev