Янгиликлар
12
Yakka tartibdagi uy-joy qurish va rekonstruksiya qilish, uy joy qurishga loyiha-smetalarini kelishish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 30-dekabrdagi 272-son qarori bilan tasdiqlangan “Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi to‘g‘risida”gi Nizomi, “Ipoteka” to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy qurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 2005-yil 16-fevraldagi PQ-10-son qaroriga muvofiq fuqarolar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida yakka tartibda uy-joy qurishni tashkil etish tartibini belgilab beradi.
Mazkur Nizomda yakka tartibdagi uy-joy - bir yer uchastkasida joylashgan, doimiy yashash, dam olish va shaxsiy xo‘jalikni yuritishga mo‘ljallangan yordamchi-xo‘jalik imoratlari va hovlidagi inshootlar tegishli bo‘lgan bir yoki bir necha turar joy imorati, yordamchi-xo‘jalik imoratlari - uy hayvonlari va parrandalarni saqlash uchun imoratlar, omborxona, garaj, yozgi oshxona, tandirxona, yerto‘la, hammom, hovlidagi hojatxona, dushxona, issiqxona, hovuz, sauna, bug‘ qozonxonasi va odamlarning vaqtincha bo‘lishi bilan bog‘liq ishlarning har xil turlarini bajarishga mo‘ljallangan boshqa funksional imoratlar,
uyni rekonstruksiya qilish - me’morchilik-rejalashtirish yechimlarini o‘zgartirish, uyning ustiga, yoniga qo‘shimcha qurish, eskirgan va ma’naviy eskirgan konstruksiyalar va muhandislik inshootlarini, shu jumladan tashqi tarmoqlarni (magistral tarmoqdan tashqari) qismlarga ajratgan, almashtirgan holda o‘zgartirish.
Quruvchi - uy-joy va yordamchi-xo‘jalik imoratlarini shaharsozlik normalari va qoidalariga hamda mazkur Nizomga amal qilgan holda kelishilgan va tasdiqlangan loyihaga muvofiq qurishga, berilgan yer uchastkasini berilgan kundan boshlab uch yil mobaynida o‘zlashtirishni boshlashga, qabul qilish komissiyasining dalolatnomasi tuman (shahar) hokimining qarori bilan tasdiqlangandan keyin bir oy mobaynida uy-joyga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal orqali yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman dagi filialiga murojaat qilishga majburdir.
-Uy-joy quruvchilar tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda ushbu maqsadlar uchun ajratilmagan yer uchastkalarida qurilgan hamda bunga zarur ruxsatnomani olmasdan yoxud shaharsozlik normalari va qoidalari jiddiy ravishda buzilgan holda tiklangan uy-joylar, boshqa imoratlar va inshootlar yoki boshqa ko‘chmas mulk o‘zboshimchalik bilan qurilgan deb hisoblanadi.
Huquqi buzilgan shaxsning yoxud tegishli davlat organining da’vosi bo‘yicha o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat sudning qaroriga ko‘ra uni qurgan shaxs tomonidan yoxud uning hisobiga buzib tashlanishi kerak, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
- Quruvchi uy-joy qurish yoki rekonstruksiya qilishga to‘sqinlik qilayotgan mansabdor shaxslarning qonunga zid xatti-harakatlari ustidan yuqori turuvchi organga yoki sud tartibida shikoyat qilish huquqiga egadir.
Ellikqal’a tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi bosh yuriskonsulti J.Begmetov