Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Mobil-ID tizimi qulayliklari


Mobil-ID tizimi nima beradi?

Shaxsni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimi foydalanuvchilarga elektron raqamli imzoni qoʻllamagan holda davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi (bundan kreditlash sohasida koʻrsatiladigan moliyaviy xizmatlar mustasno).
Mobil-ID tizimi aholining masofadan turib elektron davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi va aholiga qulayliklar yaratadi.
Mobil-ID tizimidan qanday maqsadlarda foydalaniladi?
OneID tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlarining portal va axborot tizimlariga kirishda foydalanuvchilarning shaxsini tasdiqlash (autentifikatsiya qilish);
- Mobil-ID tizimidan foydalanayotgan foydalanuvchining haqiqiyligini tasdiqlash (verifikatsiya qilish);
- elektron davlat xizmatlaridan foydalanish boʻyicha foydalanuvchilar tomonidan berilgan arizalarni tasdiqlash;
- foydalanuvchi oʻzining shaxsiga doir maʼlumotlarni davlat organlari va tashkilotlari “Elektron hukumat” tizimi orqali olganda bu haqida xabarnomalar qabul qilish;
- foydalanuvchi oʻzining shaxsiga doir maʼlumotlarini davlat organlari va tashkilotlari, xoʻjalik birlashmalari, nodavlat tashkilotlar “Elektron hukumat” tizimi orqali olishi uchun ruxsat berish, Shunigdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa holatlarda.
“Mobile ID” tizimidan ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz nima qilish kerak? “
Mobile ID” tizimidan ro‘yxatdan o‘tish juda oson. Buning uchun siz bir marotaba shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki haydovchilik guvohnomasi) bilan respublikada mavjud davlat xizmatlari markazlari yoki notariuslarga tashrif buyurishingiz kifoya.
- Davlat xizmatlari markazi operatori yoki notariusga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etasiz va mobil raqamingizni ma'lum qilasiz;
- operator yoki notarius tizim orqali sizni “one.id” tizimi orqali ro‘yxatga o‘tganligingizni tekshiradi va ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz ro‘yxatdan o‘tkazadi;
- tizim orqali biometrik ma'lumotlaringiz tasdiqlanadi;
- telefon raqamingizga tasdiqlovchi kod yuboriladi va kod tizimga kiritiladi. Endi siz mobil raqamingiz orqali YIDXP (my.gov.uz) portali va boshqa ko‘pgina moliyaviy xizmatlarga telefoningiz orqali buyurtma berishingiz va tasdiqlashingiz mumkin.

Toʻrtkoʻl tuman adliya boʻlimi
Davlat xizmatlari markazi
boʻlim boshligʻi     D.Tokimbetov.