Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Sudga arizani davlat boji to‘lamasdan topshirish


O‘zbekiston Respublikasi “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunning 8-moddasiga binoan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda davlat bojini to‘lashdan quyidagilar ozod qilinadi: ish haqini undirish to‘g‘risidagi da'volar va mehnat huquqlari munosabatlaridan kelib chiqadigan boshqa talablar yuzasidan; alimentlar undirish to‘g‘risidagi da'volar yuzasidan; mehnatda mayib bo‘lganligi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanganligi, shuningdek boquvchisi vafot etganligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da'volar yuzasidan; qonunga xilof ravishda hukm etganlik, jinoiy javobgarlikka tortganlik, ma'muriy jazo berganlik tufayli jismoniy shaxsga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bilan bog‘liq nizolar yuzasidan; jinoyat tufayli yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da'volar yuzasidan; yuridik va jismoniy shaxslar — davlat ijrochisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyatlar yuzasidan; iste'molchilar — o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi bilan bog‘liq da'volar yuzasidan. Demak, ushbu toifadagi nizolar bo‘yicha sudga ariza bersangiz davlat bojini to‘lamaysiz.
Shuningdek, “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida Mehnatga layoqatli nogironligi bo‘lgan shaxslarning elektron reestri yuritiladi.

To‘rtko‘l tumani adliya bo‘limi
Davlat xizmatlari markazi
katta mutaxassisi J.Djumakov.