Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Kam ta'minlangan oilalarga bolalar puli va moddiy yordam pullarini ta'minlash tartibi haqida xabardormisiz.


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-noyabrdagi “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali kam ta'minlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash bo‘yicha elektron shaklda ariza berishni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 596-son Qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2024-yil apreldan boshlab:
• fuqarolar ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn shaklda bolalar nafaqasi va moddiy yordamga ariza topshirishlari mumkin. Bunda fuqarolar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali arizalarni yuborish imkoniyati yaratildi.
• “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining ijtimoiy xodimlariga fuqarolarning bevosita roziligi bilan “Yagona reestri” AT orqali kam ta'minlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash bo‘yicha elektron shaklda ariza berish huquqi berildi.
Shuningdek, mazkur qaror bilan ijtimoiy nafaqalarni tayinlash mezonlariga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:
2023-yil dekabr oyidan boshlab:
• bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlangandan so‘ng “Yagona reestr” AT yordamida har oyda oilaning iqtisodiy holati avtomatik ravishda monitoring qilinadi hamda oilaning iqtisodiy holati yaxshilangan (ikkinchi ko‘chmas mulk yoki noturar joy, yangi avtotransport xarid qilgan yoki yuqori ish haqi olishni boshlagan) bo‘lsa, nafaqa to‘lovi to‘xtatiladi.
Mazkur xizmat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan ko‘rsatiladi.

Shumanay tumani adliya bo‘limi
Davlat xizmatlar markazi bo‘lim boshlig‘i   A.Orazbaev