Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Korrupsiya va jinoyatchilik


Insoniyat jamiyati bugungi rivojlanish jarayonida ko‘plab yutuqlarga erishib, yuksak taraqqiyot natijalarini qo‘lga kiritib kelmoqda. Ijobiy yutuqlar bilan birga ayrim salbiy ijtimoiy illatlar ham rivoj topib, o‘zining xavfli xususiyatlarini yanada yaqqolroq namoyon qilmoqda. Korrupsiya va jinoyatchilik ana shunday salbiy ijtimoiy illatlardan biridir. Korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi. Korrupsiya — bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. U demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, erkin bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi. Ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qat’iy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Istiqlol bergan tinch va osuda hayotimiz, farovon turmush tarzimiz, erishayotgan turli sohadagi yutuqlarimiz, ayniqsa yosh avlod kamoloti yo‘lida qilinayotgan ezgu ishlarni har qancha e’tirof etsak, arziydi. Albatta, bunday havas qilsa arzigulik kunlarga etishishning o‘zi bo‘lmayotganligi va buning zamirida mashaqqatli mehnat yotganligi hech birimizga sir emas. Bugungi kunda qaysi bir sohaga e’tibor qaratmaylik, ularning har birida yuqori samaradorlikka erishayotganligimiz, bu bunyodkor xalqimizning o‘z Vataniga bo‘lgan mehr-muhabbatidan dalolat beradi . Darhaqiqat, jamiyatimiz ravnaqi uchun astoydil mehnat qilayotgan insonlar bilan faqat faxrlanishimiz kerak. Lekin ayrim kimsalar borki, to‘qlikka sho‘xlik qilib, o‘z vazifalarini suiiste’mol qilgan holda, taraqqiy etib kelayotgan davlatimiz mulkiga rahna solayotganliklari achinarli holdir. Korrupsiya va uni vujudga keltiruvchi sabablar o‘rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud. Bundan xulosa shuki, birinchidan, korrupsiyani faqat uni vujudga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni yechish yo‘li bilan kamaytirish hamda cheklash mumkin; ikkinchidan, bu muammolarni yechishda korrupsiyaga qarshi barcha yo‘nalishlarda qat’iy va murosasiz kurash olib borish samara beradi. Shu o‘rinda ta’kidlash muhimki, har qanday holatda ham korrupsiyadan bevosita jamiyat va insonlar aziyat chekadi, zarar ko‘radi. Shuning uchun ushbu muammo global bo‘lib, unga qarshi kurashning davlatlar o‘rtasida muvofiqlashtirilgan dasturlari va boshqa huquqiy me’yorlari ishlab chiqilganligi bejiz emas . Xo‘sh, korrupsiya atamasi o‘zi nimani ifoda etadi? Etimologik jihatdan “korrupsiya” atamasi “buzish, pora evaziga og‘dirish” degan ma’noni anglatadigan lotincha “corruptio” so‘zidan kelib chiqqan. Yuridik ensiklopediya mualliflarining ta’kidlashicha, “korrupsiya – mansabdor shaxslar tomonidan ularga berilgan huquqlar va hokimiyat imkoniyatlaridan shaxsiy boylik orttirish uchun foydalanishda ifodalanuvchi siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyat”. Korrupsiya jinoyatchiligi – sinfiy va tarixan o‘zgaruvchan hodisa. Korrupsiya bu – mansab, mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat turi hisoblanadi. Korrupsiya faoliyati xufyona iqtisodiyotning asosiy turlaridan biridir. Aksariyat hollarda korrupsiya deganda davlat xizmatchilari tomonidan shaxsiy manfaatlarni ko‘zlab, boylik orttirish maqsadida xalqdan pora olish, qonunga xilof pul daromadlarini qo‘lga kiritish tushuniladi. Ammo, umuman olganda, mansabdor shaxslargina emas, balki, davlat tashkilotida ishlamaydigan fuqarolar ham korrupsiyaga doir munosabatlarning ishtirokchilari bo‘lishi, pora emas, balki boshqa narsalar evaziga o‘z ehtiyoj va manfaatlarini ham amalga oshirishlari mumkin. Darhaqiqat, korrupsiya – ildizlari davlat xizmatini tashkil etishdagi nuqsonlarga va davlat xizmatchilarining o‘ziga xos psixologiyasiga borib taqaladigan ijtimoiy hodisa. Bu korrupsiyaga qarshi avvalo ma’muriy-huquqiy va tashkiliy-boshqaruv chora-tadbirlari ko‘rilishini taqozo etadi. Adabiyotlar tahlili va metodologiya bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim omili sifatida milliy g‘oya o‘z milliy va harakat dasturlari bilan yaqindan yordam berib kelmoqda. Korrupsiya albatta bugun paydo bo‘lgan illat emas, u qadimdan buyon mavjud bo‘lib kelmoqda.
Qadimgi davlatlarni ayniqsa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo‘rligi qattiq tashvishga solganligi bizgacha saqlanib qolgan manbalardan ma’lum. Chunki bu holat davlatning obro‘siga juda qattiq putur yetkazardi. Dunyoning yetakchi dinlarida ham birinchi navbatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo‘rligi qattiq qoralanadi. Jumaladan, Injilda “Sovg‘alarni qabul qilma, chunki sovg‘a ko‘rni ko‘radigan qiladi va haqiqatni o‘zgartiradi” deyilgan bo‘lsa, Qu’roni Karimda “Boshqalarning mulkini nohaq yo‘l bilan olmangiz va boshqalarga tegishli bo‘lgan narsalarni olish uchun o‘z mulkingizdan hokimlaringizga pora qilib uzatmangizlar” deyilgan . Buyuk sohibqron bobomiz Amir Temur ta’kidlaganlaridek, “qayerda qonun hukmronlik qilar ekan, o‘sha joyda erkinlik bo‘ladi”. Korrupsiya jinoyati esa qonunlarning ustuvorligini inkor etishga, ularni buzishga, aylanib o‘tishga olib keladigan illatdir . Buyuk ajdodlarimiz ijodida ta’lim-tarbiya masalalariga bag‘ishlangan ko‘plab nodir asarlar va ta’limotlarni ko‘rishimiz mumkin. Qaysi bir sohani olmaylik o‘sha sohada rivojlanish, taraqqiyot ro‘y bermayotgan ekan, uning sabablaridan biri korrupsiyaga borib taqaladi. Amalda korrupsiya mamlakatda islohotlarni amalga oshirilishi, o‘z oldimizga qo‘yilgan maqsadlar yo‘lidagi jiddiy to‘siq bo‘lib qolmoqda. Milliy qonunchiligimizda mazkur atamaning aniq huquqiy ta’rifi mavjud. O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasida korrupsiya tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: “Korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish”. Bundan ko‘rinib turibdiki, korrupsiya nafaqat pora olish yoki berish emas, balki xizmat, mansab lavozimidan qonunga xilof ravishda foydalanishi ham korrupsiya hisoblanar ekan.
Qonunchilik tahlili korrupsiya bilan bog‘liq qilmishlarga qarshi kurashish faoliyatining huquqiy asoslari ko‘proq O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat kodeksida o‘z ifodasini topgan. Buni quyidagilarda ko‘rishimiz mumkin: O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining “Korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar”ni nazarda tutuvchi soxta tadbirkorlik, mulkni talon-taroj qilish, soxta bankrotlik, boj, soliq va boshqa to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, hokimiyat yoki lavozimni suiiste’mol qilish, pora olish, tovlamachilik, pora olish yoki berishda vositachilik qilish, kontrabanda, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish kabi moddalari kiritilib, ularga mos jazolar belgilangan.

Nukus shahar adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti A.Seytnazarov