Янгиликлар
28
Ayrim shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda belgilangan to‘lovlar bo‘yicha 50 foiz miqdorida chegirma qo‘llaniladi.
Ayrim shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda belgilangan to‘lovlar bo‘yicha 50 foiz miqdorida chegirma qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son farmoniga muvafiq 1-noyabrdan boshlab, «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali ro‘yxatda keltirilgan davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlar bo‘yicha 50 foiz miqdorida chegirma qo‘llaniladi.
Bunda, imtiyozga ega bo‘lgan shaxslarni aniqlash O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi axborot tizimidan real vaqt rejimida avtomatik tarzda amalga oshiriladi.
Taxiatosh tumani adliya bo‘limi
Davlat xizmatlari markazi bo‘limi boshlig‘i Sh.Sariyev