Янгиликлар
11
Bilasizmi?
Bilasizmi?
Qonunchilikka ko‘ra, har yilgi asosiy eng kam mehnat ta’tilining davomiyligi yigirma bir kalendar kunni tashkil etadi.
O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarga — o‘ttiz kalendar kun;
I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlarga — o‘ttiz kalendar kun
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlariga davomiyligi yigirma yetti kalendar kun bo‘lgan har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’til beriladi, bundan xodimlarning ayrim toifalari uchun qonunda har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’tilning uzoqroq davomiyligi belgilangan hollar mustasno.
Xodimga u bitta tashkilotda yoki tarmoqda ishlagan har 5 yil uchun davomiyligi 2 kalendar kun, biroq jami 8 kalendar kundan ko'p bo'lmagan har yilgi qo'shimcha mehnat ta'tili beriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya
Vazirligi Nodavlat notijorat tashkilotlari
sho‘basi bosh maslahatchisi J.Bekimbetov