Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash


Hozirgi vaqtda ekstremizm va terrorizm xalqaro xavfsizlikka, shu jumladan Markaziy Osiyoda asosiy tahdidlardan biri bo‘lib qolmoqda. Ekstremizm va terrorizm xavfi hamda tahdidlariga qarshi kurashish O‘zbekiston Respublikasi uchun birinchi navbatdagi vazifalardan biri bo‘lib, mintaqa davlatlari va xalqaro hamjamiyatning sa’y-harakatlarini birlashtirishni taqozo etadi.
O‘zbekiston Respublikasi har tomonlama o‘ylangan tinchliksevar, pragmatik va izchil tashqi siyosatni olib borib, ekstremizm va terrorizmning umumiy tahdidlariga qarshi kurashishda barcha davlatlar bilan teng huquqli va o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun ochiqdir.
O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning buzilmasligi, davlatlarning hududiy yaxlitligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, xavfsizlikning bo‘linmasligi, o‘z xavfsizligini boshqa davlatlar xavfsizligi hisobiga mustahkamlashga yo‘l qo‘yilmasligi, xalqaro majburiyatlarni vijdonan bajarish prinsiplariga hamda xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa prinsiplari va normalariga asoslanadi.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z tarixida ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq holatlarga bir necha marotaba duch kelgan. Ushbu yo‘nalishda xavf-xatar, tahdid va tahlikalar saqlanib qolayotganini hisobga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi keng jamoatchilik va xalqaro hamjamiyat bilan birgalikda ekstremizm va terrorizm hamda ularni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Adliya vazirligi Huquqni qo‘llash va
metodik ta‘minlash bo‘limi
yetakchi maslahatchisi  M.Xaytbayev