Янгиликлар
28
TUG‘IGANLIKNI RO‘YXATGA OLISH TARTIBI, BOLAGA FAMILIYA VA ISM BERISH, FAMILIYA, ISM VA OTA ISMINI O‘ZGARTIRISH ASOSLARI.
TUG‘IGANLIKNI RO‘YXATGA OLISH TARTIBI, BOLAGA FAMILIYA VA ISM BERISH, FAMILIYA, ISM VA OTA ISMINI O‘ZGARTIRISH ASOSLARI.
Bolaning tug‘ilganligini qayd etish majburiy bo‘lib, fuqarolarning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’i nazar, FHDYO organi tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Ota-onaning xohishiga ko‘ra FHDYO organi bolaning tug‘ilganligini qayd etishni tantanali vaziyatda o‘tkazishi mumkin.
Tug‘ilganlik haqidagi ariza bola tug‘ilgan kundan boshlab bir oy muddat ichida og‘zaki yoki yozma shaklda berilishi zarur.
Bolaning tug‘ilganligi to‘g‘risidagi ariza ota-onasi yoki ulardan biri, alohida hollarda esa qarindoshlari, qo‘shnilar yoki ota-onasidan biri vakil qilgan boshqa shaxslar, shuningdek tibbiyot muassasalarining, ichki ishlar yoki vasiylik va homiylik organlarining mansabdor shaxslari tomonidan berilishi mumkin.
Belgilangan muddatning o‘tib ketganligi tug‘ilganlikning qayd etilishiga to‘sqinlik qila olmaydi.
Bolaning tug‘ilganligini qayd etishda familiya unga ota-onasining roziligi bo‘yicha ota yoki onaning familiyasi, shuningdek milliy an’analarga muvofiq ota yoki ona tomonidan boboning ismi bo‘yicha beriladi. Kelishuv bo‘lmagan taqdirda nizolar vasiylik organi, konsullik okrugida esa - konsul tomonidan hal etiladi.
Bolaga ism ota-onasining roziligiga qarab beriladi.Bolaga qo‘sh ism berishga yo‘l qo‘yiladi (Saidahmadxo‘ja Gulira’no Mirzo Ulug‘bek Roza-Mariya).
Bolaga uning manfaatlaridan kelib chiqqan holda, kelgusida uning sha’ni va
qadr-qimmatini kamsitishi mumkin bo‘lgan nom berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Halol nom bilan bog‘liq kelishuv bo‘lmagan taqdirda yuzaga kelgan nizo vasiylik va homiylik organi tomonidan hal etiladi.
Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish haqidagi ariza beruvchi 16 yoshga to‘lganidan keyin, uning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’i nazar, FHDYO organi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Agar 16 yoshga to‘lgan shaxs fuqarolik pasporti (identifikatsiyalovchi
ID-karta) yoki pasportning o‘rnini bosuvchi shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat olishdan oldin familiyasi, ismi, otasining ismini o‘zgartirish haqida ariza bersa, u holda arizaga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma ilova qilinadi.
Familiya, ismi, otasining ismini o‘zgartirish to‘g‘risidagi arizalar:
- O‘zbekiston Respublikasi "Davlat tili haqida"gi Qonunining 15-moddasiga muvofiq;
- sud qarori asosida;
-agar familiya va ismi yoqimsiz eshitiladigan bo‘lsa;
-agar familiya va ismi millatiga to‘g‘ri kelmasa;
- xohishiga ko‘ra nikohgacha bo‘lgan familiyaga (nikohda turgan davrida ham, nikohdan ajrashgandan keyin ham) qaytishda;
- oila uchun umumiy familiyada bo‘lish istagi paydo bo‘lganda (agar nikoh tuzish paytida er-xotinlar umumiy familiya qabul qilmagan bo‘lsa);
- bolalarning ota yoki ona bilan bir familiyada bo‘lish, onasining nikohgacha bo‘lgan familiyasida bo‘lish, o‘gay otaning yoki vasiyning familiyasida bo‘lish istagi paydo bo‘lganda;
-16 yoshga to‘lgan shaxsga otalik belgilashda ko‘rib chiqiladi.
Qo‘ng‘irot tumani adliya bo‘limi
FHDYO bo‘limi 1-toifali inspektori E.Allamuratova