Янгиликлар
04
MAXSUS TURDAGI TOVARLAR EKSPORTI VA IMPORTINI LITSENZIYALASH TARTIB-TAOMILLARI
MAXSUS TURDAGI TOVARLAR EKSPORTI VA IMPORTINI LITSENZIYALASH TARTIB-TAOMILLARI
Mamlakatimizda iqtisodiyotni erkinlashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, tashqi savdo operatsiyalarini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish, eksportni rag‘batlantirish va kengaytirishga doir tizimli ishlar izchil amalga oshirilmoqda.
Xususan, tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish tartib-taomillarini soddalashtirishga va eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Shu o‘rinda, iqtisodiyotning mazkur sohasini tartibga solishda maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash ahamiyatli hisoblanadi. Mazkur soha bugungi kunda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida yagona Nizomga muvofiq tartibga solinadi.
Xususan, unga ko‘ra litsenziya olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) ariza;
arizada quyidagilar ko‘rsatiladi*:
yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi, hisobvarag‘i, telefon raqami;
jismoniy shaxs uchun — FIO, JSHSHIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, telefon raqami;
tashqi savdo shartnomasi to‘g‘risida ma’lumot (shartnoma tomonlari, ularning joylashuvi, faoliyat turi va boshqa rekvizitlari yoki import qiluvchi iste’molchi hisoblanmasa, iste’molchi to‘g‘risida ma’lumot, uning joylashuvi, faoliyat turi va boshqa rekvizitlari);
maxsus turdagi tovarlarni tashish to‘g‘risida ma’lumot (yukning tashqi iqtisodiy faoliyat Tovar nomenklaturasi (TIF TN) va (yoki) BMT nomenklaturasi bo‘yicha kodi, yukni jo‘natuvchi, qabul qiluvchi, transport turi (davlat raqami belgisi), yukni O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish (olib kirish) joylari va tranzit qatnashchilari bo‘lgan davlatlar hududi bo‘ylab harakatlanishining mo‘ljallanayotgan yo‘nalishlari);
to‘lov topshiriqnomasi raqami va sanasi;
b) tashqi savdo shartnomasi (bitimi);
v) maxsus turdagi tovarlarning kelib chiqish manbalarini tasdiqlovchi hujjat;
g) import qiluvchi va iste’molchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma (agar import qiluvchi iste’molchi hisoblanmasa);
d) sotib oluvchi tashkilotning joylashgan mamlakati qonunchiligiga muvofiq maxsus turdagi tovarlar bilan tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi hujjat;
e) so‘nggi iste’molchi majburiyatlari to‘g‘risidagi hujjat (yoki O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilayotgan eksport nazorati obyektlaridan ommaviy qirg‘in qurollarini yaratish yoki yetkazib berish vositasi maqsadida foydalanmaslik, shuningdek, ularni eksport nazorati sohasida vakolatli davlat organining ruxsatisiz reeksport yoki uchinchi tomonga berishga yo‘l qo‘ymaslik majburiyatini o‘z ichiga olgan chet el davlati (xalqaro tashkilot) vakolatli organi tomonidan beriladigan boshqa hujjat).
Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi
ustidan nazorat qilish sho‘basi
bosh maslahatchisi D.Xabibullayeva