Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

FARMATSEVTIKA FAOLIYATINI LITSENZIYALASH TARTIB-TAOMILLARI


FARMATSEVTIKA FAOLIYATINI LITSENZIYALASH TARTIB-TAOMILLARI

So‘nggi yillarda mamlaktimizda dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar muomalasi tizimini yaxshilash bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi, mahalliy farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi.
Shu o‘rinda, farmatsevtika faolioyatini litsenziyalash orqali sifatsiz va qalbakilashtirilgan dori vositalari muomilasiga check qo‘yilmoqda. Mazkur soha bugungi kunda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida yagona Nizomining 28-ilovasida Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash Pasportiga muvofiq tartibga solinadi.
Xususan, unga ko‘ra litsenziya olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) ariza;
arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bank hisobvarag‘i, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), faoliyatning litsenziyalanadigan turi yoki mazkur faoliyatning kichik turi, murojaat maqsadi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish, litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish, litsenziyaga o‘zgartirish kiritish), faoliyatni amalga oshirish muddati, litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi, litsenziya olish tartibi — umumiy yoki tezlashtirilgan tartib;
b) litsenziyalanadigan faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqib talabgorning shtatida mazkur Pasport 9-bandining “e” — “z” kichik bandlarida ko‘rsatilgan xodimlarning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
v) talabgorda mazkur Pasport 9-bandining “i” kichik bandiga muvofiq bino va xonalarning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
g) litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish uchun talabgorda mazkur Pasport 9-bandining “y” kichik bandiga muvofiq tegishli moddiy-texnika baza, shu jumladan, asbob-uskunalar, texnik vositalarning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: umumiy tartibda — bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida; tezlashtirilgan tartibda — bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida etib belgilangan.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, dori vositalarini ishlab chiqarish uchun berilgan litsenziya litsenziatlarga ular ishlab chiqargan dori vositalarini ulgurji realizatsiya qilish huquqini beradi, dori vositalarini tayyorlash uchun berilgan litsenziya litsenziatlarga ular tayyorlagan dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish huquqini beradi.
Dori vositalari ishlab chiqarishga litsenziya berilganda litsenziyada ishlab chiqariladigan dori vositasining turlari ko‘rsatiladi. Ishlab chiqariladigan dori vositalari turlari o‘zgargan yoki dori vositalarini yangi turlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan taqdirda, litsenziyaga belgilangan tartibda o‘zgartirish kiritiladi.

Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi
ustidan nazorat qilish sho‘basi
bosh maslahatchisi                                                       D.Xabibullayeva