Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

ARXITEKTURA-SHAHARSOZLIK HUJJATLARINI ISHLAB CHIQISH FAOLIYATINI LITSENZIYALASH TARTIB-TAOMILLARI


ARXITEKTURA-SHAHARSOZLIK HUJJATLARINI ISHLAB CHIQISH FAOLIYATINI LITSENZIYALASH TARTIB-TAOMILLARI

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda arxitektura-shaharsozlik sohasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda, bu esa o‘z navbatida mazkur sohada davlat xizmatlarini ko‘rsatilishini takomillashtirish zaruriyatini paydo qilmoqda.
Xususan, arxitektura-shaharsozlik sohasida xususiy setorning ulushini oshirishda arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatini litsenziyalash tartib-taomillari belgilab berilgan bo‘lib mazkur soha bugungi kunda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida yagona Nizomga muvofiq tartibga solinadi.
Xususan, unga ko‘ra litsenziya olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) ariza;
arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
yuridik shaxsning to‘liq nomi, STIR, xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, pochta manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa), yuridik shaxsning mutaxassislari haqidagi ma’lumotlar (pasport raqami va seriyasi yoki ID-kartasi raqami, JSHSHIR), litsenziya toifalari bo‘yicha tanlash, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;
b) soha bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan bosh muhandislar va loyiha arxitektorlari, bosh hamda yetakchi mutaxassislar diplomlari ma’lumotlari;
v) litsenziya talabgori III toifadagi obyektlarning arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatiga litsenziyani olish uchun qo‘shimcha ravishda o‘ntadan kam bo‘lmagan obyektlar qurilishi yuzasidan loyihalashtirish bo‘yicha jami bajarilgan ishlarning ro‘yxatini, ular yuzasidan mazkur sohada tegishli vakolatga ega bo‘lgan ekspertiza organlari bergan xulosalar nusxalarini hamda ushbu qurilishi tugallangan va foydalanishga qabul qilingan obyektlarning dalolatnoma nusxalari hamda mualliflik nazorati daftarlarini taqdim etishi lozim;
g) litsenziya talabgori IV toifadagi obyektlarning arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatiga litsenziya olish uchun qo‘shimcha ravishda o‘ntadan kam bo‘lmagan III toifadagi obyektlar qurilishi yuzasidan loyihalashtirish bo‘yicha tegishli vakolatga ega bo‘lgan ekspertiza organlari bergan xulosalar nusxalari, ushbu qurilishi tugallangan va foydalanishga qabul qilingan obyektlarning dalolatnoma nusxalari hamda mualliflik nazorati daftarlarini taqdim etishi lozim.
Litsenziya talabgori (litsenziat) shtatidagi xodimlarning tegishli sertifikatlarini taqdim etishi lozim.
Mukammal qurilishda tovarlar, ishlar va xizmatlar xarid qilish uchun tanlov (tender) hujjatlarini tayyorlash kichik faoliyat turi uchun litsenziya toifalari talab etilmaydi.
Litsenziyaning talab va shartlariga rioya etilmasligi oqibatida litsenziyasi sud orqali bekor qilingan litsenziya talabgoriga sud hujjati qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab bir yil ichida mazkur Pasportda nazarda tutilgan litsenziyalanadigan faoliyat turlari bo‘yicha litsenziya olish taqiqlanadi.
Ushbu Pasportning ikkinchi pozitsiyasi uchinchi ustunidagi “k” va “m” kichik bandlarda belgilangan faoliyat turlari bo‘yicha litsenziyaga ega bo‘lgan litsenziatlar mazkur turdagi litsenziyasi asosida ko‘prik va tunnellarni loyihalashtirish faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega emas.

Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi
ustidan nazorat qilish sho‘basi
boshlig‘i                                                                              F.Seytimbetov