Янгиликлар
04
TIBBIY FAOLIYATNI LITSENZIYALASH TARTIB-TAOMILLARI
TIBBIY FAOLIYATNI LITSENZIYALASH TARTIB-TAOMILLARI
So‘nggi yillarda mamlakatimizda tibbiyot sohasini rivojalantirish hamda tibbiy xodimlarning malakasini oshirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, tibbiyotda xususiy sektor ulushini oshirishda tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartib-taomillari belgilanb berilgan bo‘lib,
Mazkur soha bugungi kunda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida yagona Nizomga muvofiq tartibga solinadi.
Xususan, unga ko‘ra litsenziya olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) ariza;
arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bank hisobvarag‘i, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan muddat, tanlangan tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy ixtisosliklar turlari va (yoki) tibbiy xizmatlar turlari (tibbiy muolajalar va (yoki) tibbiy usullar), tibbiy yordam ko‘rsatish shakllari (ambulator, statsionar), ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;
b) tasdiqlangan eng kam talablarga muvofiq tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan uskunalar va boshqa texnika vositalari, shu jumladan, tibbiy texnikaning mavjudligi haqidagi ma’lumot.
Ma’lumotda tibbiy texnika, uskunalar va boshqa texnika vositalarining nomi, soni, har birining seriyasi va raqami, ishlab chiqaruvchisi va ishlab chiqarish sanasi, ushbu vositalarning ishlatilishi uchun davlat organlaridan maxsus ruxsat olish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, tegishli tasdiqlovchi hujjat raqami, sanasi va hujjat bergan tashkilot nomi ko‘rsatilishi kerak.
Litsenziyada faoliyatning litsenziyalanayotgan tibbiy ixtisosliklar turlari va (yoki) tibbiy xizmatlar turlari (tibbiy muolajalar va (yoki) tibbiy usullar), tibbiy yordam ko‘rsatish shakllari (ambulator, statsionar) aniq ko‘rsatiladi.
Arizani ko‘rib chiqish muddati davomida faoliyatning litsenziyalanayotgan tibbiy ixtisosliklar turlari va (yoki) tibbiy xizmatlar turlari (tibbiy muolajalar va (yoki) tibbiy usullar), tibbiy yordam ko‘rsatish shakllari hajmidan kelib chiqib, tegishli soha mutaxassislaridan iborat ekspert guruhi tashkil etiladi.
Ekspert guruhi litsenziya talabgoriga tegishli litsenziyani berish yoki litsenziya berishni rad etish yuzasidan ekspert xulosasini ishchi organga taqdim etadi.
Bunda ekspert guruhi faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar talabgor (ariza beruvchi) hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi (ishchi organ) o‘rtasida tuzilgan yozma shartnomaga ko‘ra belgilangan tartibda tasdiqlangan tabaqalashtirilgan narxlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Talabgor rentgen uskunasidan foydalanish uchun ruxsatnomani tibbiy faoliyatni litsenziyalash jarayonida kompozit shaklda olishi mumkin.
Bunda rentgen uskunasidan foydalanish uchun ruxsatnoma Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomga 40-ilovada belgilangan talab va shartlar asosida beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining taklifnomasi yoki roziligi asosida tibbiyot tashkilotlariga xorijiy vrach mutaxassis jalb etilgan taqdirda, o‘z ixtisoslik yo‘nalishi bo‘yicha kamida besh yillik, operatsiya qiluvchi vrachlar uchun esa kamida yetti yillik ish staji va xorijiy tibbiyot tashkilotining tavsiyanomasi mavjud bo‘lganda, xorijiy mamlakatlarda olingan ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatlarini nostrifikatsiyadan o‘tkazmasdan O‘zbekiston Respublikasidagi tibbiyot tashkilotlarida faoliyat yuritishiga ruxsat beriladi.
Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi
ustidan nazorat qilish sho‘basi
boshlig‘i F.Seytimbetov