Янгиликлар
30
TUG‘ILGANLIKNI QAYD ETISH TARTIBI, BOLAGA FAMILIYA VA ISM BERISH, FAMILIYA, ISM VA OTASINING ISMINI O‘ZGARTISHNING ASOSLARI
TUG‘ILGANLIKNI QAYD ETISH TARTIBI, BOLAGA FAMILIYA VA ISM BERISH, FAMILIYA, ISM VA OTASINING ISMINI O‘ZGARTISHNING ASOSLARI
Bolaning tug‘ilishini qayd etish majburiy bo‘lib, fuqarolarning doimiy(vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’i nazar, FHDYO organi tomonidan amalga oshirilishi lozim.
Ota-onaning istagiga ko‘ra FHDYO organi bolaning tug‘ilganligini qayd etishni tantanali vaziyatda o‘tkazishi mumkin.
Tug‘ilganlik haqidagi ariza bola tug‘ilgan kundan boshlab bir oy muddat mobaynida og‘zaki yoki yozma shaklda berilishi zarur.
Bola tug‘ilganligi to‘g‘risidagi ariza ota-onasi yoki ulardan biri, alohida hollarda esa qarindoshlari, qo‘shnilari yoki yoxud ota-onasidan biri vakolat bergan boshqa shaxslar, shuningdek tibbiyot muassasalarining, ichki ishlar yoki vasiylik va homiylik organlarining mansabdor shaxslari tomonidan berilishi mumkin.
Belgilangan muddatning o‘tib ketganligi tug‘ilganlikning qayd etilishiga to‘sqinlik qila olmaydi.
Bolaning tug‘ilganligini qayd etishda unga familiya ota-onasining kelishuviga ko‘ra ota yoki onaning familiyasi, shuningdek milliy an’analarga muvofiq ota yoki ona tomonidan boboning ismi bo‘yicha beriladi. Kelishuv bo‘lmagan taqdirda nizolar vasiylik va homiylik organi, konsullik okrugida esa-konsul tomonidan hal etiladi.
Bolaga ism ota-onasining roziligigiga ko‘ra beriladi.Bolaga qo‘shaloq ism berishga yo‘l qo‘yiladi (Saidahmadxo‘ja Gulira’no Mirzo Ulug‘bek Roza-Mariya).
Bolaga uning manfaatlaridan kelib chiqqan holda,kelgusida uning sha’ni va qadrini kamsitishi mumkin bo‘lgan ism berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.Bolga ismiga doir kelishuv mavjud bo‘lmaganda yuzaga kelgan kelishmovchilik vasiylik va homiylik organi tomonidan hal etiladi.
Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish haqidagi ariza beruvchi 16 yoshga to‘lgach, uning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’i nazar, FHDYO organi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Agar 16 yoshga to‘lgan shaxs fuqarolik pasporti (identifikaciyalovchi ID-kartasi) yoki passport o‘rnini bosuvchi shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat olgunga qadar familiyasi, ismi, ota ismini o‘zgartirish haqida ariza bersa , u holda arizaga tug‘ilganlik haqida guvohnoma ilova qilinadi.
Familiya, isim, ota ismin o‘zgartirish haqida arizalar:
-O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida”gi Qonuni 15-moddasiga muvofiq;
-sudning hal qiluv qaroriga asosan;
-agar familiya va isim eshitilishda yoqimsiz bo‘lsa;
-agar familiya va isim millatiga to‘g‘ri kelmasa;
-xohishiga qarab nikohgacha bo‘lgan familiyaga (nikohda turgan davrida ham, nikohdan ajralgandan keyin ham) qaytishda;
-oila uchun umumiy familiyada bo‘lish istagi paydo bo‘lganda (agar nikoh tuzish paytida er-xotin umumiy familiya qabul qilishmagan bo‘lsa);
-bolalarning ota yoki ona bilan bir xil familiyada bo‘lish, onasining nikohgacha familiyasida bo‘lish, o‘gay otaning yoki vasiyning familiyasida bo‘lish istagi paydo bo‘lganda;
-16 yoshga to‘lgan shaxsga otalik belgilashda ko‘rib chiqiladi.
Qo‘ng‘irot tumani adliya bo‘limi
FHDYO bo‘limi 1- toifali inspektori E.Allamuratova