Янгиликлар
30
Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida shahodatnoma ma’lumotini olish
Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida shahodatnoma ma’lumotini olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 1 iyundagi «Xalq ta’limi tizimida davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida» 295-son qaroriga asos Endi maktab shahodatnomasi ma’lumotini olish yanada osonlashdi.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Xalq ta’limi vazirligi portalida ro‘yxatdan o‘tadi.
Ariza beruvchi so‘rovnomaga kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, so‘rovnomani tasdiqlaydi.
So‘rovnoma ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Xalq ta’limi vazirligi portali orqali avtomatik tarzda hududiy xalq ta’limi boshqarmalariga yuboriladi.
Agar siz maktabni 2022-2023-o‘quv yilida yoki undan keyin tamomlagan bo‘lsangiz, my.gov.uz portali orqali umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida shahodatnoma ma’lumotini bir necha daqiqada onlayn olishingiz mumkin.
Xizmat avtomatik ravishda, bepul ko‘rsatiladi!
Umumiy o‘rta ta’limni avvalroq bitirganlar esa my.gov.uz dagi «Shahodatnoma dublikatini olish» xizmatidan foydalanishlari mumkin.
Ariza beruvchi tomonidan quyidagi hujjatlar ilova qilinmagan taqdirda, davlat xizmatini ko‘rsatish rad etiladi:
o‘rganilgan fanlar va ular bo‘yicha imtihonlarda olingan baholar (ballar) ko‘rsatilgan ma’lumot haqida hujjat (1-sinfga qabul qilinayotgan bolalar bundan mustasno);
o‘rganilgan fanlar va ular bo‘yicha imtihonlarda olingan baholar (ballar) ko‘rsatilgan hujjatning O‘zbekiston Respublikasi davlat tiliga tarjimasi (1-sinfga qabul qilinayotgan bolalar bundan mustasno);
sog‘lig‘i to‘g‘risida tibbiy xulosa;
So‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Taxiatosh tumani adliya bo‘limi
Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi R.Xojamuratov