Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining ma’lumotlari bazasini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risida


Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining ma’lumotlari bazasini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risida

Joriy yilning 1-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 10-mh-son buyrug‘i bilan  “Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining ma’lumotlari bazasini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi” Nizom qabul qilindi.
Nizomga ko‘ra davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining ma’lumotlari bazasi tegishincha Vazirlik, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan shakllantiriladi va yuritiladi.
Vazirlik va hududiy adliya organlari davlat organlari va tashkilotlarida yuridik xizmat faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida davlat organlari va tashkilotlari tomonidan mazkur Nizomga muvofiq taqdim etiladigan yuridik xizmatlar xodimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan tashqari, ulardan yuridik xizmat faoliyatiga doir boshqa tegishli hujjatlar va ma’lumotlarni so‘rab olishga haqli.
Shuningdek, yuridik xizmat xodimlariga oid ma’lumotlar “Yurist-adliya” elektron tizimi orqali yuritiladi.
Nizomga asosan, ma’lumotlar bazalari tegishlicha Vazirlikning Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi va hududiy adliya organlaridagi yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha bosh maslahatchilari tomonidan shakllantiriladi va muntazam ravishda elektron shaklda davlat tilida yuritiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari xodimlari to‘g‘risidagi axborot Vazirlikka, tuman (shahar) hokimliklari va viloyat darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari xodimlari to‘g‘risidagi axborot hududiy adliya organlariga taqdim etiladi.
Ta’kidlash joizki, taqdim etilgan ma’lumotlar yil davomida o‘zgargan taqdirda, davlat organlari va tashkilotlari o‘n kun muddatda tegishli ma’lumotni adliya organiga yuborishi lozim.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi
Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi
ustidan nazorat qilish sho‘basi
Yetakchi maslahatchisi                                                          J.Ismoilov