Янгиликлар
23
Yosh shifokorlarning ustama pullari to‘lab berildi
Yosh shifokorlarning ustama pullari to‘lab berildi
To‘rtko‘l tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman Sanitariya-epidemiologik osayishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi xodimlarning mehnat huquqlariga rioya qilinishi yuzasidan o‘tkazilgan monitoringda bo‘limning salohiyatli yosh shifokorlari hisoblanadigan N.N.ga 2 000 000, T.N.ga 2 000 000, A.B.ga 6 000 000, M.A.ga 2 000 000 jami 12 000 000 so‘m ustama pullari to‘lab berilmaganligi aniqlandi.
Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 30-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022-yil 21-dekabrdagi 35-2022/qq-son va Moliya vazirligining 2022-yil 29-dekabrdagi 71-son qarori bilan tasdiqlangan Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomning 14-bandida salohiyatli yosh shifokorlarga birinchi yil uchun - 1 million so‘mdan, ikkinchi yil uchun 750 ming so‘mdan, uchinchi yil uchun 500 ming so‘mdan maxsus oylik ustamalar to‘lanishi belgilangan.
Mazkur qonunbuzilishni bartaraf qilinishi yuzasidan tuman adliya bo‘limi tomonidan taqdimnoma kiritilib yosh shifokorlarining jami 12 000 000 so‘m ustama pullari to‘lab berilishi ta’minlandi.
To‘rtko‘l tuman adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti I.Qurbanbayev