Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

1-maydan boshlab qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?


1-maydan boshlab qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?

Joriy yil 1-maydan boshlab qonunchilikda bir qator o‘zgarishlar bo‘ldi.
Jumladan, qonunchilikka ko‘ra, joriy yil 1-maydan 2027-yil 1-aprelgacha “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi hamda Kambag‘al oilalar reestriga kiritilgan, shuningdek, reestrlarga kiritilmagan, biroq moddiy ahvoli bo‘yicha kam ta’minlangan oilalar mezonlariga to‘g‘ri keluvchi, oiladagi jon boshiga daromadi minimal iste’mol xarajatlarining 1,5 barobaridan oshmaydigan oilalarga:
-elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha – oyiga bazaviy me’yordan 150 kVt soatgacha;
-tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha – isitish mavsumida oyiga bazaviy me’yordan 250 kub metrgacha, boshqa davrlarda oyiga bazaviy me’yordan 150 kub metrgacha ortiq foydalanilgan qismi uchun bazaviy me’yor doirasidagi hamda bazaviy me’yordan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi
Boshqa toifadagi iste’molchilar uchun 201 kVt soatdan 500 kVt soatgacha bo‘lgan yangi miqdor oralig‘ida har bir kilovatt soat uchun 800 so‘mdan to‘laydi.
Shuningdek, 1-maydan boshlab, O‘zbekistonda haydovchilar uchun jarima ballari tizimi joriy etildi.
Аgar haydovchi bir yil ichida 12 ball to‘plasa, ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Barcha jarima ballari “E-jarimaball” elektron tizimi orqali avtomatik hisoblanadi.
Haydovchi 6 oy mobaynida qoidabuzarlik qilmasa, uning 2 balli bekor qilinadi.
Аgar 8 ball to‘plasa, SMS orqali ogohlantiriladi. Haydovchi jarima ballari natijasidan norozi bo‘lsa, sud orqali shikoyat qilish huquqiga ega bo‘ladi.
O‘zgarishlarga ko‘ra, 1-maydan boshlab, fuqarolarning farzandlari darslarda muntazam qatnashmagan yoki uy-joyining sanitariyasini yaxshilamagan oilalar uchun "bola puli" miqdori kamaytiriladi.
Shuningdek, oilalar tomonidan ijtimoiy shartnoma shartlari bajarilmagan taqdirda bolalar uchun nafaqa va moddiy yordam miqdori mahalla yettiligining qarori asosida 30 foizgacha kamaytiriladi.
Bundan tashqari, 2025-yil 1-maydan boshlab, kadrlar bo‘limlari rahbarlari ham attestatsiyadan o‘tadi — yangi tartib joriy etildi.
Yangi tartibga ko‘ra, har bir davlat organidagi kadrlar bo‘limi rahbarlari attestatsiya (baholash) jarayonidan o‘tishlari shart bo‘ladi.
“Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limlari to‘g‘risida”gi namunaviy Nizom tasdiqlandi.
Unda bu bo‘limlarning vazifalari, faoliyati tartibi va rahbarlarga qo‘yiladigan talablar belgilab berilgan.
Kadrlar bo‘limi rahbari lavozimiga qoida tariqasida quyidagi talablarga ega bo‘lgan shaxslar tayinlanadi:
Oliy ma’lumotli;
Kamida 2 yillik ish tajribasiga ega;
Kadrlar bilan ishlash, axborot xavfsizligi va shaxsiy ma’lumotlar bilan ishlash bo‘yicha bilimli mutaxassislar.
Shu bilan birga, 1-maydan ayollarga hokimliklar tomonidan OTMlarga kirish uchun imtiyozli tavsiyanomalar berish boshlanadi.
Qonunchilikka ko‘ra, oliy ma’lumoti bo‘lmagan, ammo kasbiy sohasida 5 yildan ortiq ish tajribasiga ega xotin-qizlar uchun OTMlarga kirishda tavsiyanoma asosida o‘qish imkoniyati beriladi.




To‘rtko‘l tuman adliya bo‘limi,
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i                            B.Аvazmetov