Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Kambag‘al oilalar «qizil», «sariq» va «yashil» toifalarga bo‘linadi


Kambag‘al oilalar «qizil», «sariq» va «yashil» toifalarga bo‘linadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-may kuni “Kambag‘al oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-84-sonli Farmoni qabul qilindi.
Mazkur Farmon, yurtimizda kambag‘al oilalarga davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘lamini kengaytirish, ularning manzilliligi va samaradorligini yanada oshirish hamda kambag‘al oilalar a’zolarining salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan yangi imkoniyatlarni yaratish nazarda tutilgan.
Muhim o‘zgarishlardan biri, endilikda mazkur farmon bilan 2025-yil 15-maydan boshlab kambag‘al oilalar reestriga kiritilgan va ushbu reestrga tushish xavfi bo‘lgan oilalar «qizil», «sariq» va «yashil» toifalarga taqsimlanadi hamda ularga davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari, ularning toifasiga qarab taqdim etilishi belgilandi.
Jumladan bunda: «Qizil» toifaga — oila a’zolarining har biriga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lgan va quyidagi mezonlarning biriga javob beradigan oilalar:
a’zolarining kamida bir nafari sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘lmagan oilalar; parvarishga muhtoj a’zosi, shu jumladan, nogironligi mavjud farzandi bo‘lgan oila; shuningdek o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg’iz yashovchi yoki yolg’iz keksa yoxud yolg’iz nogironligi bo‘lgan shaxsdan iborat bo‘lgan oila boquvchisini yo‘qotgan yoki boquvchisi jazoni ijro etish muassasasida bo‘lgan oilalar.
Mazkur farmonga ko‘ra, 2025-yil 1- iyundan “qizil” toifaga kiritilgan oilalarning “a’lo” baholarga o‘qigan talaba qizlariga bazaviy stipendiyaning 2 baravari miqdoridagi maxsus stipendiya to‘lananishi belgilandi.
Shu bilan birga, 2025-yil 1-sentyabrdan umumiy o‘rta ta’lim muassasasining uzaytirilgan kun guruhlariga qatnaydigan bolalar umumiy sonining 15 foizi miqdorida kambag‘al oilalar farzandlari uchun alohida kvota ajratiladi va ular ota-onalar to‘lovidan ozod etiladigan bo‘ldi.
Muhim yangiliklardan biri, farmonga ko‘ra 2026-yil 1-yanvardan kambag‘al oilalarning “a’lo” baholarga o‘qiydigan farzandlarining O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tizimidagi oromgohlarda dam olishi va sog’lomlashtirilishi xarajatlari to‘liq qoplab berilishi belgilandi.
«Sariq» toifaga — oila a’zolarining har biriga to‘g’ri keladigan o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lgan hamda a’zolari sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan oilalar kiritiladi.
Farmonga asosan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun bojlar, yig’imlar va boshqa to‘lovlarni to‘lashda «sariq» toifaga kiritilgan oilalarga 50 foiz, «qizil» toifaga kiritilgan oilalarga esa 75 foiz miqdorida chegirmalar qo‘llanilanishi belgilandi.
«Yashil» toifaga — oila a’zolarining har biriga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlarining bir baravaridan bir yarim baravarigacha bo‘lgan va quyidagi mezonlarning biriga javob beradigan oilalar kiritiladi: oila «qizil» yoki «sariq» toifadan chiqarilgan bo‘lsa;
oilaning kambag‘al oilalar reestriga kiritilishi ehtimoli yuqori bo‘lsa.
Shu bilan biga, 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasasining uzaytirilgan kun guruhlariga qatnaydigan bolalar umumiy sonining 15 foizi miqdorida kambag‘al oilalar farzandlari uchun alohida kvota ajratiladi va ular ota-onalar to‘lovidan ozod etilishi ham belgilandi.
Muhtasar qilib aytganda, mazkur Farmon tom ma’noda, mamlakatimizda kambag‘al oilalarga davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘lamini kengaytirishga xizmat qilishmi, shubhasiz.




To‘rtko‘l tuman adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i                       B.Аvazmetov