Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Intellektual mulk huquqlari qonun himoyasida!


Intellektual mulk huquqlari qonun himoyasida!

Insonning aqliy va faoliyati mahsuli, fan, adabiyot, san’at va ishlab chiqarish sohasida ijodiy faoliyatning boshqa turlari, adabiy, badiiy, ilmiy asarlar, ijrochi aktyorlik san’ati, jumladan ovoz yozish, radio, televidenie asarlari, kashfiyotlar, ixtirolar, ratsionalizatorlik takliflari, sanoat namunalari, kompyuterlar uchun dasturlar, ma’lumotlar bazasi, nou-xauning, tovar belgilari, firma nomlari TKJN, GI hamda boshqa Intellektual mulk obyektlariga kiradi.
Intellektual mulk huquqlarining buzilishi - huquq egasining ruxsatisiz yoki qonun bilan belgilangan uning huquqlarini buzgan holda intellektual mulkning qo‘riqlanadigan ob’ektidan har qanday foydalanish hisoblanadi.
O‘zbekistonda intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qonunchilik bir qator normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 59-bobi (1031-1111-moddalar) intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarning umumiy qoidalarini, ularni himoya qilish usullarini belgilaydi.
“Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-42-son Qonuni (2006 yil 20 iyul) adabiy, ilmiy va san’at asarlariga, shuningdek, ijrolar, fonogrammalar va efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv tashkilotlarining eshittirishlariga bo‘lgan huquqlarni tartibga soladi.
“Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-267-II-son Qonuni (2001 yil 30 avgust) tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ulardan foydalanish, shuningdek, tovar kelib chiqqan joy nomlarini himoya qilish tartibini belgilaydi.
“Geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-757-son Qonuni (2022 yil 3 mart) geografik ko‘rsatkichlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Shuningdek Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasidagi boshqa qonun osti hujjatlari ham mavjud.
Qonunchilikka muvofiq, intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlar mutlaq huquqlar hisoblanadi va qonun bilan qo‘riqlanadi. Huquq egalari o‘zlariga tegishli bo‘lgan intellektual mulk ob’ektlaridan o‘z xohishiga ko‘ra foydalanish, ularni tasarruf etish va o‘z huquqlarini buzgan shaxslardan himoya qilishni talab qilish huquqiga ega.
Intellektual mulk huquqlarini buzganlik uchun O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida fuqarolik, ma'muriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.
2024 yil 10 sentyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Intellektual mulkni himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-959-son Qonuni bilan intellektual mulk huquqlarini buzganlik uchun tovon puli to‘lash instituti joriy etildi. Endilikda huquq egalari etkazilgan zararning haqiqiy miqdoridan qat’i nazar, 20 baravardan 1000 baravargacha bo‘lgan bazaviy hisoblash miqdorida tovon talab qilishlari mumkin. Bu o‘zgarish, ayniqsa, kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashishda muhim ahamiyatga ega.
Shuningdek, intellektual mulk sohasidagi qonunchilik doimiy ravishda takomillashtirilib borilmoqda, bu esa iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi va investitsiya muhitini yaxshilashga xizmat qiladi.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vazirligining
Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha
bosh maslahatchi                                                                      R.Dushanov