Янгиликлар
14
MILLIY HAYDOVChILIK GUVOHNOMASINI ALMAShTIRISh VA YO‘QOLGANI O‘RNIGA YaNGISINI BERISh TARTIBI
MILLIY HAYDOVChILIK GUVOHNOMASINI ALMAShTIRISh VA YO‘QOLGANI O‘RNIGA YaNGISINI BERISh TARTIBI
Ariza beruvchining ismi, familiyasi va otasining ismi o‘zgarganda, shuningdek, milliy haydovchilik guvohnomasini almashtirish hamda yo‘qolgani o‘rniga yangisini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat qiladi yoki mustaqil tarzda ro‘yxatdan o‘tadi.
Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan mustaqil ravishda belgilangan tartibga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron ravishda to‘ldiradi.
Ariza beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirishida o‘z ixtiyoriga asosan ID-karta yoki biometrik pasportdagi bosh barmoq izi ma’lumotidan foydalanishiga ruxsat beriladi. Agar ariza beruvchi ID-karta yoki biometrik pasport ega bo‘lmasa, o‘zining imzosi namunasini elektron tarzda (kompyuter yoki mobil telefon orqali) taqdim etadi.
So‘rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
a) eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini almashtirish bo‘yicha:
eski namunadagi haydovchilik guvohnomasining rasmi (orqa hamda old tomoni);
eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi talonining rasmi (orqa hamda old tomoni);
b) yo‘qolgan haydovchilik guvohnomasi o‘rniga yangisini berish bo‘yicha:
eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va/yoki talonining rasmi (orqa hamda old tomoni) (mavjud bo‘lsa).
Yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini almashtirish uchun faqat so‘rovnoma to‘ldiriladi.
Ariza beruvchi yo‘qotilgan haydovchilik guvohnomasi o‘rniga yangi guvohnoma olish uchun murojaat qilganda uning avtomototransport vositasini boshqarishga bo‘lgan huquqi mavjudligi yoki bu huquqdan mahrum etilmaganligi Tizimda tasdiqlangandan so‘ng unga shu vaqtning o‘zida to‘lov invoysi taqdim etiladi.
Agar ariza beruvchining yo‘qotilgan haydovchilik guvohnomasi haqidagi ma’lumotlar Tizimda aniqlanmaganda ariza beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish bo‘yicha Nizom asosida DYHXX organlariga umumiy tartibda murojaat qiladi.
Milliy haydovchilik guvohnomasini berish va uni yangisiga almashtirish uchun BHMning 70 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
Yo‘qotilgan haydovchilik guvohnomasi o‘rniga yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini berish uchun BHMning 1 baravari miqdorida to‘lov undiriladi.
Ariza beruvchi xohishiga ko‘ra, milliy haydovchilik guvohnomasini pochta aloqasi orqali olishi mumkin. Bunda, pochta xarajatlari ariza beruvchi hisobidan qoplanadi.
To‘rtko‘l tumani adliya bo‘limi
Davlat xizmatlari markazi direktori A.Ya.Matchanov