Янгиликлар
14
Davlat xizmatlari har qadamda: Fuqaro manfaati-bosh mezon!
Davlat xizmatlari har qadamda: Fuqaro manfaati-bosh mezon!
So‘nggi yillarda mamlakatimizda jadal islohotlar amalga oshirilayotgan sohalardan biri — davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimidir.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida qabul qilinayotgan har bir qarorda fuqarolarning manfaatlari, davlat xizmatatini olishda qulayliklar ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, chekka hududlardagi aholi, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan fuqarolarga davlat xizmatlaridan yetarli darajada foydalana olishlari uchun tizimi joriy etildi.
Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2023-yil 31-avgustda qabul qilingan 435-son qarorga asosan, davlat xizmatlarini joylarda ko‘rsatishning aniq tartib va mexanizmini belgilab beruvchi ma’muriy reglament tasdiqlandi.
Reglamentga muvofiq, davlat xizmatlari Adliya vazirligining Aloqa markazi («Call-markaz») yoki uning rasmiy veb-sayti orqali murojaat qilish yo‘li bilan ko‘rsatiladi.
«Call-markaz» orqali so‘rovnomalar soat 09:00 dan 18:00 gacha qabul qilinadi. Shuningdek, rasmiy veb-sayt orqali sutkaning istalgan vaqtida murojaat qilish mumkin.
Davlat xizmatlarini joyiga chiqqan holda ko‘rsatish uchun bir martalik to‘lov belgilangan. To‘lov miqdori Toshkent shahrida bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi, viloyat markazlarida 40 foizi, tuman (shahar)larda esa 30 foizini tashkil etadi.
Bundan tashqari, O‘zgalar yordamiga yordamga muhtoj qariyalar, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mustaqil harakatlanish imkoniyati cheklangan hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘lov undirilmaydi.
Shuningdek, ushbu Reglament quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirishga;
O‘zbekiston fuqarosi, O‘zbekistonda doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning identifikatsiyalovchi ID-kartasini hamda xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishga;
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishga.
Taxiatosh tumani adliya bo‘limi
Davlat xizmatlari markazi bo‘lim boshlig‘i A.Orazimbetov