Янгиликлар
08
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi yangiliklar
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi yangiliklar
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-son qarori “Nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovasiga muvofiq nodavlat notijorat tashkilot (keying o’rinlarda NNT)larini ixtiyoriy tugatishda NNT tugatish komissiyasini tayinlaydi, alohida bo‘linmalarga o‘z faoliyatini to‘xtatish va tugatish ishlarini boshlash haqida ko‘rsatma beradi, tugatishning rejalashtirilayotgan muddat belgilanadi, kreditorlarning talablari qondirilgandan keyin qoladigan mol-mulkning taqdirini belgilaydi, tugatish komissiyasi tarkibi haqidagi ma’lumotni hamda tugatish haqida NNT yuqori organi qarorini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga tizim orqali taqdim etadi.
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tugatish komissiyasi tarkibiga e’tirozi bo‘lmasa, davlat reyestriga NNTning tugatish jarayonida ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritadi hamda bu haqda soliq xizmati va statistika organlarini, Byuroning tuman (shahar) bo‘limini tizim orqali xabardor qiladi.
NNT muassis (qatnashchi)lari va rahbari NNT faoliyati bilan bog‘liq barcha hujjatlarni, shuningdek NNTning muhr va shtamplari hamda boshqa mol-mulkini ro‘yxat bo‘yicha tugatish komissiyasiga topshiradi. Tugatish komissiyasi Xizmat ko‘rsatuvchi banklarga tugatish haqidagi qaror loyihasini hamda tegishli ariza-topshiriqnomalarni jo‘natadi.
Xizmat ko‘rsatuvchi banklar NNTning milliy va xorijiy valyutadagi ikkilamchi, jamg‘arma va muddatli depozit hisobvaraqlarini, yuridik shaxs hisoblanmagan alohida bo‘linmalarning hisobvaraqlarini yopadilar va ulardagi qoldiqlarni asosiy hisobvaraqqa o‘tkazadilar.
Byuroning tuman (shahar) bo‘limi Ish yurituvida tugatilayotgan NNT qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjati mavjudligini aniqlashtiradi. Tegishli ijro hujjati mavjud bo‘lsa, uning bo‘yicha ijro ishi yuritishni qonunda belgilangan tartibda tamomlaydi va tugatish tartiboti doirasida ijro etish uchun tugatish komissiyasiga yuboradi.
Soliq xizmati organi NNT faoliyatini tekshirishga (taftish qilishga) kirishadi. Soliq xizmati organi o‘tkazgan tekshirish natijalari hamda tuzilgan ijro hujjatlari reyestrini hisobga olgan holda oraliq tugatish balansi loyihasini tuzadi, uni tasdiqlash uchun NNT yuqori organiga taqdim etadi. NNTning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzi yo‘qligi haqida tugatish komissiyasiga xulosa beradi. Byuroning tuman (shahar) bo‘limi NNTning qarzdor sifatida ishtirok etgan va ijro etilmagan hujjat ish yurituvida mavjud emasligi haqida tugatish komissiyasiga yozma javob beradi. Asosiy hisobvaraq ochilgan bank NNTga tegishli bo‘lgan hisobvaraqni yopadi va tugatish komissiyasiga asosiy hisobvaraq yopilgani to‘g‘risida xulosa beradi.
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ Davlat reyestriga tizim orqali NNT tugatilganligi to‘g‘risida yozuv kiritadi va tugatish komissiyasi, soliq xizmati va statistika organlarini tizim orqali xabardor qiladi.
Xo‘jayli tumani Adliy bo‘limi
davlat xizmatlari markazi direktori J.Sabirov