Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Shaxsning ishtirokisiz yoki xabarisiz kredit rasmiylashtirishning oldi olinadi


Shaxsning ishtirokisiz yoki xabarisiz kredit rasmiylashtirishning oldi olinadi

2025-yil 4-martda O‘zbekiston Respublikasining “Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga kredit sohasidagi munosabatlarni yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-1043-son Qonuni qabul qilindi.
Qonun (O‘RQ-1043-son,  04.03.2025 y.) bilan “Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Qonunga ko‘ra, kredit bitimi tuzishi taqiqlangan shaxslar reyestri bu —kredit bitimi tuzishi taqiqlangan jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga olgan va kredit byurolari tomonidan yuritiladigan yagona ma'lumotlar bazasidir.
Markaziy bank bunday shaxslarning o‘zaro muvofiqlashtirilgan reyestrini kredit byurolari tomonidan yuritilish tartibini  belgilaydi.
Shuningdek, kredit byurosi ustav fondi (ustav kapitali) ning eng kam miqdori 2 milliard so‘mni tashkil etishi kerakligi belgilandi.
Kredit byurolariga nisbatan Markaziy bank quyidagi qoidabuzarliklar sodir etilganligi uchun choralar va sanksiyalarni qo‘llaydi:
????kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risidagi va kredit byurolari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik talablariga rioya etmaganlik;
????kredit byurolari xizmatlari iste'molchilarining huquqlarini buzganlik;
????litsenziya qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganligi.
Markaziy bank mazkur qoidabuzarliklarni bartaraf etish uchun majburiy ko‘rsatmalar yuborish hamda BHMning 5 ming baravarigacha miqdorda jarima qo'llashga haqli.
Bundan tashqari, jismoniy shaxs o‘zining ishtirokisiz yoki xabarisiz kredit bitimi rasmiylashtirilishining oldini olish uchun o‘zi bilan kredit bitimini tuzishni kredit byurosiga ariza kiritish orqali taqiqlashi mumkin.
Kredit bitimini tuzishni taqiqlash yoki bunday taqiqni olib tashlash ixtiyoriy amalga oshiriladi.

Shumanoy tumani adliya bo‘limi
davlat xizmatlar markazi bo‘lim boshlig‘i                                   A.Orazbayev