Янгиликлар
07
O‘qishga ketgan pedagogning darslarini o‘tgan o‘qituvchiga haq to‘lanadimi?
O‘qishga ketgan pedagogning darslarini
o‘tgan o‘qituvchiga haq to‘lanadimi?
Savol: Bir o‘qituvchimiz o‘qishga ketgandi. Menga uning vazifalari yuklatildi. Hozirda uning sinfiga rahbarlik ham qilyapman. Shunda menga sinf rahbarlik va daftar tekshirganim uchun ham qo‘shimcha haq to‘lanadimi?
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining
116-moddasiga ko‘ra xodimning roziligi bilan unga ish kunining (smenaning) belgilangan davomiyligi mobaynida xuddi o‘sha ish beruvchida qo‘shimcha haq evaziga mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan asosiy ish bilan bir qatorda, asosiy ishidagi kabi aynan o‘sha kasb (lavozim) bo‘yicha yoki boshqa kasb (lavozim) bo‘yicha ham qo‘shimcha ishni bajarish topshirilishi mumkin.
Bu vaziyatda pedagog xodimlarga qo‘shimcha vazifa yuklatilganlik uchun qo‘shimcha haq to‘lash Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi
275-son qarori bilan tasdiqlangan "Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida"gi nizom talablari asosida amalga oshirilib, o‘qituvchi tomonidan qo‘shib olib borilgan darslar uchun ularga soatbay ravishda ish haqi to‘lanadi.
Umumta’lim maktablari pedagog xodimlariga o‘tgan darsi uchun soatbay haq to‘lash "O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlari"ga (Adliya vazirligidan 22.04.2019 yilda 3157-sonli raqam bilan ro‘yxatdan o‘tgan) ko‘ra bazaviy lavozim maoshlariga nisbatan 1,20 foiz miqdorda amalga oshiriladi.
Ya’ni, o‘qituvchi o‘zining asosiy ishi bilan birgalikda ishda vaqtincha bo‘lmagan xodimlarning darslarini o‘tadigan bo‘lsa, ushbu o‘tilgan har bir dars soati uchun odatdagiga nisbatan ko‘proq ish haqi to‘lab beriladi.
Bunda sinf rahbarlik hamda daftar tuekshirganlik uchun quyidagi miqdorda qo‘shicha haq to‘lab berilishi lozim:
Sinfdagi o‘quvchilar soniga ko‘ra sinf rahbarligi uchun:
–15 nafar o‘quvchigacha — 258 ming 720 so‘m;
–16 nafardan 20 nafar o‘quvchigacha — 309 ming 680 so‘m;
– 21 nafardan 25 nafar o‘quvchigacha — 361 ming 620 so‘m;
– 26 nafardan 30 nafar o‘quvchigacha — 412 ming 580 so‘m;
– 31 nafar va undan ko‘p o‘quvchi bo‘lganda — 517 ming 440 so‘m.
Shuningdek, daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun:
– Sinfdagi (sinf — komplektdagi) o‘quvchilar soni 15 nafargacha bo‘lganda — 86 ming 240 so‘m;
– Sinfdagi (sinf — komplektdagi) o‘quvchilar soni 15 nafar va undan ortiq bo‘lganda — 172 ming 480 so‘m.
Savolga Qoraqalpog‘iston Respublikasi,
Bo‘zatov tumani Adliya bo‘limi boshlig‘i
Kazbek Paluaniyazov javob beradi.