Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Maktab direktorlari lavozimlariga nomzodlarni menejerlik o ‘quv kurslarida o‘qitish tartibi belgilandi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 681-son qarori Ilovasi bilan “Davlat umumiy o‘rta ta`lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi to‘g‘risida” Nizom tasdiqlandi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta`lim muassasalari direktorlari lavozimlariga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibini belgilaydi.
Nizom bilan, menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan nomzodlarga maktab direktori lavozimi uchun tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi.
Mazkur Nizomning 4-bandiga ko‘ra, ushbu talablar nisbatan tadbiq etilmasligi belgilandi:
Jumladan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablari;
jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalari; sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat ta`lim muassasalari; ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar; alohida sharoitlarda ta`minlash, tarbiyalash va ta`lim berishga muhtoj bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar.
Ushbu Nizomning 2–bobi, 7-bandiga ko‘ra, o‘quv kurslari А.Аvloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti tuzilmasidagi Xalq ta`limi xodimlarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini baholash markazi tomonidan tashkil etilishi belgilandi.
Mazkur Nizomning 10-bandiga ko‘ra, taʼlimda menejment yoki ta`limda boshqaruv mutaxassisligi bo‘yicha magistr darajasiga ega bo‘lgan nomzodlar o‘quv kursida o‘qimasdan, sertifikat olish bo‘yicha yakuniy sinov jarayonlarida ishtirok etishlari mumkinligi ham belgilandi.
Shuningdek, Nizomning 13-bandiga asosan, nomzodlarni o‘quv kurslarida o‘qitish hamda baholash ular bilan Institut o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshirilishi belgilandi.
Nizomning 17-bandiga ko‘ra, o‘quv kurslarining davomiyligi 144 soatni tashkil qilib, bir oy davomida o‘qitilishi va kursdagi auditoriya mashg‘ulotlarining eng yuqori hajmi haftasiga 36 soat etib belgilanadi.
Mazkur Nizomning 20-bandiga ko‘ra, nomzodlar o‘quv intizomini va ichki tartib-qoidalarni buzganligi, o‘quv kursidagi dars mashg‘ulotlarini uzrli (kasalligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, yaqin qarindoshining vafoti) sabablarsiz 18 soat va undan ortiq qoldirgani, salomatligi tufayli (tibbiy komissiya maʼlumotnomasi asosida), nomzodga nisbatan sud hukmi asosida hamda vafot etganligi holatlarida o‘quv kursidan chetlashtirilishi ham belgilandi.
Shu bilan birga, Nizomning 26-bandiga asosan, direktorlarning o‘qish davrida ularning asosiy ish joyi bo‘yicha lavozimi va amaldagi o‘rtacha ish haqi miqdorlari saqlab qolinishi belgilandi.
Nizomga ko‘ra, 70 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlar yakuniy sinovni muvaffaqiyatli topshirgan hisoblanadi va ularga sertifikat berilishi belgilandi.
Ushbu Nizomning 38-bandiga ko‘ra, belgilangan ballni to‘play olmagan nomzodlar bir yil ichida navbatdagi bitta yakuniy sinovda ishtirok etish huquqiga egaligi ham belgilandi.
Ushbu Nizomning 5-bobi 48-bandiga asosan, Yakuniy sinov natijalaridan norozi bo‘lgan nomzodlar natijalar eʼlon qilingan vaqtdan boshlab besh ish kuni mobaynida apellyatsiya komissiyasiga maxsus portal orqali elektron shaklda ariza (shikoyat) berishlari mumkinligi belgilandi.
Mazkur qarorning b) kichik bandiga ko‘ra, 2024 yil 1 sentyabrdan boshlab menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan quyidagi rahbar xodimlarga ushbu sertifikatning amal qilish muddati davomida maktab direktorlariga — 50 foiz hamda maktab direktori o‘rinbosarlariga — 30 foiz miqdorida lavozim maoshlariga har oylik qo‘shimcha ustamalar to‘lanishi belgilandi.
Shuningdek, ushbu Nizomning 2-bandiga asosan, maktablarda faoliyat yuritayotgan direktorlar har 5 yilda bir marotaba menejerlik sertifikatini olishi talab etilishi ham belgilandi.
Xulosa o‘rnida aytganda, mazkur Nizom malaka sertifikatiga ega bo‘lgan nomzodlarga maktab direktorlari lavozimlari uchun tanlovda ishtirok etish huquqini berish boravarida, ularning bilim va ko‘nikmalarini ham baholash imkoniyatini berishi, shubhasiz.


Bekpulat Аvazmetov,
To‘rtko‘l tuman adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i
2-darajali adliya maslahatchisi