Янгиликлар
29
Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish
Bugungi kunda dunyoda ilmsizlik va jaholat oqibatida yuzaga kelayotgan ekstremizm va terrorizm kabi illatlar barchani tashvishga solib kelayotgani barchamizga ma’lum.
O‘zbekiston davlati mustaqillikning ilk kunlaridanoq o‘zining dinga munosabatini aniq va qat'iy belgilab oldi. Bosh qomusimiz Konstitutsiya hamda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunda o‘zining huquqiy ifodasini topgan.
So‘nggi yillarda dunyoning qator mamlakatlarida, turli noqonuniy qurolli tuzilmalar tomonidan islomiy davlat qurish shiori ostida insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etilmoqda.
Ayniqsa, “jihodchi” guruhlar o‘z safiga yangi shaxslarni jalb etishda internet va ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanmoqda. Turli internet saytlari, “Odnoklasnik”, “Tvitter” kabi ijtimoiy saytlarda tashkil etilgan turli nomlardagi forum va guruhlar, “You Tube” portalidan keng foydalanilmoqda. Ular tomonidan vaqtini internetda o‘tkazuvchi, vaqtincha ishsiz, xorijda pul topish ilinjida yurgan va ijtimoiy holatdan norozi shaxslarni o‘z saflariga qo‘shish maqsadida ular bilan suhbatlar olib boradilar.
Ma'lumki, O‘zbekiston qator mintaqaviy tashkilotlar doirasida qabul qilingan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashga qaratilgan shartnomalarni bajarishda faol qatnashib kelmoqda. Terrorizmga qarshi kurash, uni bartaraf etish masalalariga oid siyosiy-huquqiy hujjatlar BMT, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti doiralarida imzolangan.
Tuman adliya bo‘lim xodimlari tomonidan mahalla yoshlari, maktab, kollej o‘quvchilari hamda universitet talabalari o‘rtasida fuqarolarni aqidaparast g‘oyalarning ta'siriga tushib qolishini oldini olishga qaratilgan huquqiy tushuntirish ishlarini amalga oshirilib kelinmoqda.
Tinchlikni asrashda xalqmizni, ayniqsa, yoshlarni hushyorlik va ogohlikka chaqirib qolamiz. Bu esa Vatanimiz kelajagiga o‘zini ma'sul hisoblovchi barcha yurtdoshlarimizning muhim vazifasi bo‘lib qoladi.
Shu o‘rinda aytib o‘tish kerak mamlakatimizda ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishga qaratilgan xalqaro va milliy qonunchilik hujjatlari bazasi yaratilgan va huquqni muhofaza qilish organlari ana shu qonunchilik hujjatlariga asos o‘z faoliyatlarini olib bormoqdalar va jamiyatda jinoyatga jazo muqarrarligi tamoyili ta`minlanmoqda.
To‘rtko‘l tumani adliya bo‘limi
FHDY bo‘limi 2-toifali inspektori A. Nurullayeva