Янгиликлар
30
Bola huquqlari
Bola huquqlari
Bola huquqlari – har bir bola (18 yoshga to‘lmagan shaxs bola hisoblanadi) hech qanday cheklashlarsiz ega bo‘lishi lozim bo‘lgan huquq va erkinliklardir. Bolalar va yoshlar kattalar bilan bir xil inson huquqlariga ega va bu barcha tomonidan tan olinadi. Bola huquqlarining ta’rifi mantiqan Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasining asosiy g‘oyalaridan kelib chiqadi. Uning alohida moddasi bolalarga bag‘ishlangan. Unda aytilishicha, "Onalik va bolalik alohida g‘amxo‘rlik va yordam olish huquqini beradi". Shunday qilib, deklaratsiyada e’lon qilingan barcha erkinliklarga bolalarning teng huquqliligini tan olgan holda, xalqaro hamjamiyat bolalarga qo‘shimcha yordam va qo‘llab-quvvatlash zarurligini tan oladi. Ya’ni, bolalar o‘zlarining maxsus ehtiyojlari, shuningdek ekspluatasiya va suiiste’molliklarga nisbatan zaifligi tufayli qo‘shimcha huquqlarga ega.
Shu bilan birga, voyaga еtmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikni sodir etgan shaxslarning bolalarga ta’lim, tarbiya berish, shuningdek, bolalar bilan bevosita ishlashni nazarda tutuvchi faoliyat turlari bilan shug‘ullanishini ta`qiqlash, hamda bu turdagi jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning ro‘yxatini yuritish ko‘zda tutildi.Umuman olganda O‘zbekistonda bolalarga nisbatan zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish bo‘yicha muhim qadamlar tashlandi.
Xususan, 2024-yilning 14-noyabr kuni “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi.Qonun bilan bolalarga nisbatan zo‘ravonlik shakllariga berilgan ta’riflar soni uchtadan (jismoniy, jinsiy, psixologik) oltitagacha (g‘amxo‘rlik qilmaslik, ekspluatatsiya, bulling) kengaytirildi.
Bundan tashqari, qonun bilan ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning javobgarligi oshirildi. Xususan, ular bolalarning hayotini asrash, ularga g‘amxo‘rlik qilish, mehr-muhabbat ko‘rsatish va sog‘liqqa zarar еtkazuvchi axborotlardan himoya qilishlari hamda tarbiya usullari dag‘al, shafqatsiz bo‘lmasligi, inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yo‘l qo‘ymasligi belgilanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ta’kidlaganidek, «Biz uchun jamiyatda begona bola yo‘q va bo'lmasligi kerak. Hammasi o‘zimizning, O‘zbekistonimizning bolalari. Vaqtida mehr ko‘rsatsak, ishga, ilmga, kasbu hunarga, ezgu fazilatlarga o‘rgatsak, ularning yo‘lini ochib bersak, ertaga foydasi o‘zimizga, jamiyatimizga tegadi».Oilada bolaning manfaatlariga taalluqli har qanday masala hal qilinayotganda, shuningdek har qanday sud muhokamasi yoki ma’muriy muhokama davrida bolaning fikri inobatga olinishi belgilab berildi.
Yangi parlamentning qonun ijodkorligi yo‘nalishida ham bu borada muhim natijalarga erishildi. Avvalo, 2020 yil 10 martda “Bola huquqlarining qo‘shimcha kafolatlari belgilanishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilindi.
Shu bilan birga, Oliy Majlis palatalari va Hukumatning qo‘shma qarori bilan Bolalar huquqlarini himoya qilish va ularga qulay shart-sharoit yaratishga oid milliy harakatlar dasturi tasdiqlandi.
Inson huquqlari bo‘yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasi doirasida ham bolalar huquqlarini himoya qilish va rag‘batlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ayni chog‘da, maktabgacha ta’lim va umumta’lim muassasalarida, akademik litsey va kollejlarda "Inson huquqlari", "Bola huquqlari" o‘quv kurslarini joriy etish vazifasi belgilangan. Hozirgi vaqtda Markaz tomonidan shu sohaga taalluqli o‘quv kursi dasturi va “Bola huquqlari” darsligi tayyorlanmoqda.
Inson huquqlari bo'yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti Jahon bolalar kuni munosabati bilan onlayn ko‘rik-tanlov o‘tkazdi. Tanlovda 7 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchi-yoshlar o‘zlarining eng yaxshi ijro etgan qo‘shqlari, bola huquqlariga doir ijod etgan videorolik va rasmlari bilan ishtirok etdi.
To‘rtko‘l tumani adliya bo‘limi
FHDYO bo‘limi 2-darajali inspektori Aziza Saparova