Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarga qancha haq to‘lanadi


Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarga qancha haq to‘lanadi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.11.2024 yildagi «Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi 774-son qaror qabul qilindi.
Hujjat quyidagi tartiblarni belgilaydi:
davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatuvchi advokatlar reestrini yuritish;
davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi arizalar va so‘rovlarni ko‘rib chiqish;
yuridik yordam ko‘rsatishga advokatlarni jalb qilish;
advokatlarga to‘lovlarni amalga oshirish.
Quyidagi jismoniy shaxslar davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega:
kam ta’minlangan shaxslar, agar ular:
fuqarolik ishlari bo‘yicha da’vogarlar yoki javobgarlar;
ma’muriy ishlar bo‘yicha arizachilar;
ma’muriy qamoq tarzidagi ma’muriy jazo nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar;
jinoyat ishlari bo‘yicha gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, shuningdek mahkumlar;
ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslar, ularga psixiatriya yordami ko‘rsatilayotganda;
o‘z huquqlari buzilgan xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi munosabati bilan sudga murojaat qilgan jismoniy shaxslar;
Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq jinoyat ishi bo‘yicha advokat ishtirok etishi shart bo‘lgan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi.
Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatuvchi advokatlar reestriga kirish istagini bildirgan advokat “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali tegishli hududiy adliya organiga ariza yuboradi. Bunda davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma tuzgan advokat 50 kmdan uzoqda joylashgan boshqa hududiy adliya organi bilan shartnoma tuzmoqchi bo‘lsa, u reestrga kiritilmaydi.
Ariza 3 ish kunida ko‘rib chiqiladi va advokatga 5 kun ichida imzolanishi lozim bo‘lgan shartnoma yuboriladi.
Shartnoma advokatning ixtiyoriga ko‘ra muddatli yoki muddatsiz tuzilishi mumkin. Bunda muddatli shartnoma 6 oydan kam bo‘lmagan muddatga tuziladi.
Davlat hisobidan yuridik yordam olish uchun jismoniy shaxslar eksterritoriallik prinsipi asosida adliya bo‘limiga murojaat qiladi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud, vakolatli organ yoki muassasa yoxud mansabdor shaxs esa “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali adliya bo‘limiga tegishli qarorni yuboradi.
Adliya bo‘limi tomonidan davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish haqida qaror qabul qilinganda tizim tasodifiy tarzda advokatni tanlaydi.
Tanlangan advokatning telefoniga va tizimdagi shaxsiy kabinetiga tegishli xabarnoma keladi. Tanlangan advokat jinoyat va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha 1 soat, boshqa turdagi ishlar bo‘yicha 5 soat mobaynida ishni qabul qilishi yoki uni qabul qilishni rad etishi lozim.
Shuningdek, davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatgan advokat uchun to‘lanadigan haq miqdorlari tasdiqlanmoqda:
tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov jarayonida, sudda ko‘rilayotgan ishlarda va psixiatriya      yordami ko‘rsatilayotganda yuridik
yordam ko‘rsatilgan har bir kun uchun   – kun davomida – BHMning 50%, tungi vaqtlarda – BHMning 75%, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlari - BHMning 100% miqdorida;
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi tomonidan himoyachidan voz kechish bilan bog‘liq protsessual harakatlarda ishtirok etganligi uchun (har bir protsessual harakat uchun alohida hisoblanadi) - kun davomida – BHMning 30%, tungi vaqtlarda – BHMning 45%, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlari - BHMning 70% miqdorida;
sudga ariza va shikoyatlar kiritganlik uchun – BHMning 20%;
Xizmat safari va transport xarajatlari uchun (har bir kun uchun) – BHMning 25% miqdorida.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.11.2024 yildan kuchga kirdi.

Taxiatosh tumani yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti                                     R.Kurbanov