Янгиликлар
28
FIRIBGARLIK NIMA VA BU QILMISH UCHUN QANDAY JAVOBGARLIK MAVJUD
FIRIBGARLIK NIMA VA BU QILMISH UCHUN QANDAY JAVOBGARLIK MAVJUD
Firibgarlik – bu boshqa shaxs yoki tashkilotni aldash yoki yoʻldan ozdirish orqali ularga moddiy yoki maʼnaviy zarar yetkazish maqsadida qilingan noqonuniy xatti-harakatlardir.
Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligiga asosan Firibgarlik -bu oʻzganing mulkini yoki mulkka boʻlgan huquqini aldash yoki ishonchni suyisteʼmol qilish yoʻli bilan qoʻlga kiritishdir. Firibgarlik uchun jinoyi javobgarlik belgilangan. Jinoyat Kodeksiga koʻra, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs:
- BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha (15 mln soʻmdan 30 mln soʻmgacha) miqdorda jarima;
- 2 yilgacha ahloq tuzatish ishlari;
- 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;
- 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Shuningdek, firibgarlikning miqdori, takroriyligi, sodir etgan shaxslar, sodir etish vositasidan kelib chiqib javobgarlik chorasi ogʻirlashishi mumkin.
Firibgarlik komputer texnikasi vositalaridan foydalanib sodir etilgan boʻlsa:
-BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha (30 mln soʻmdan 90 mln soʻmgacha) miqdorda jarima;
- 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
- 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;
- 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Firibgarlik xizmat mavqeyidan foydalanib sodir etilgan boʻlsa:
- BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha (90 mln soʻmdan 120 mln soʻmgacha) miqdorda jarima;
- 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
- muayyan huquqdan mahrum etilgan holda 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Firibgarlik uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa:
- BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha (120 mln soʻmdan 180 mln soʻmgacha) miqdorda jarima;
- 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi.
Qaraόzak tumani adliya bόlimi
yuridik xizmat kόrsatish markazi
boshliǵi Danebay Amaniyazov