Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Inson huqiqlari


Inson huqiqlari

O‘tgan yillar mobaynida, yurtimizda inson huquqlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar tizimli ravishda amalga oshirilib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida xalq hokimiyatchiligi printsipining muhim qoidalaridan biri sifatida inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni,
qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi belgilangan.
Konstitutsiyaviy printsip doirasida Asosiy Qonunimizning 7-9-boblarida inson va fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquq, erkinliklari hamda ularning kafolatlari belgilab berildi.
Mazkur konstitutsiyaviy norma oʼz mohiyatiga ko‘ra, fuqarolarning Konstitutsiyaning 29-moddasida mustahkamlangan har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqi hamda 32-moddada belgilangan jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi bilan uzviy bog‘liqdir.
Asosiy Qonunimiz 30-moddasida belgilangan fuqarolarni ularning huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqishi uchun imkoniyat yaratib berish majburiyati axborot yerkinligi kafolatlaridan biri bo‘lib, ushbu konstitutsiyaviy norma O‘zbekiston Respublikasining o‘ndan ortiq qonun hujjatlarida yanada rivojlantirilgan, uni taʼminlashga qaratilgan qo‘shimcha mexanizm va tartibotlar belgilab berilgan.
Shu singari normalar O‘zbekiston Respublikasining boshqa bir qator amaldagi qonun hujjatlarida ham o‘z aksini topgan desak aslo xato bo‘lmaydi.
Xususan, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasi to‘g‘ridan to‘g‘ri “O‘zlari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni ichiga olgan axborot resurslaridan yuridik va jismoniy shaxslarning yerkin foydalanishi”ga bag‘ishlangan.
Unga ko‘ra, yuridik va jismoniy shaxslar o‘zlari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni ichiga olgan axborot resurslaridan erkin foydalanish, mazkur maʼlumotlarning to‘liqligi hamda to‘g‘riligini taʼminlash maqsadida ularga aniqliklar kiritish huquqiga ega bo‘lishi belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasida ham davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar zimmasiga tegishli majburiyatlar yuklangan.
Shu bilan birga qatorda qonun hujjatlarida sud ish yurituviga jalb qilingan shaxslarning axborot bilan tanishishga bo‘lgan huquqlarining qo‘shimcha mexanizmlari ham belgilangan.
Xususan, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 8-moddasida, FPK 9-moddasi; XPK 10-moddasi va JPK 20-moddasida sud ishlari olib borilayotgan tilni bilmaydigan sudda qatnashuvchi shaxslarning tarjimon orqali ish materiallari bilan to‘la tanishish huquqi taʼminlanishi belgilangan.
Shu bilan birga Konstitutsiyaviy normani to‘liq realizatsiya qilinishini taʼminlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 44-moddasida “Hujjatlar bilan tanishib chiqishni asossiz ravishda rad etish” uchun maʼmuriy javobgarlik o‘rnatilgan.
Unga ko‘ra, mansabdor shaxslar tomonidan fuqaroga uning huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini berishni asossiz ravishda rad yetishi tegishli tartibda maʼmuriy javobgarlikka sabab bo‘lish ko‘zda tutilgan.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
30-moddasida belgilangan fuqarolarning o‘zlarining huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqishga bo‘lgan huquqlari mamlakatimizda axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini taʼminlash sohasidagi amalga oshirilayotgan izchil va uzluksiz islohotlar sharoitida yangicha mazmun bilan boyimoqda hamda ushbu konstitutsiyaviy huquqni taʼminlashning yangi usul va mexanizmlari joriy etilmoqda.

Shumanoy tumani adliya bo‘limi
Davlat xizmatlar markazi yetakchi
mutaxassisi                                                                                D.Oteniyazova