Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish va qayta ro'yxatdan o‘tkazish tartibi haqida bilasizmi?


Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish va qayta ro'yxatdan o‘tkazish tartibi haqida bilasizmi?

O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi” nizomga asoslanadi. Ushbu nizomga turli o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilgan.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi
1. Ariza topshirish
Tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ariza beruvchi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ariza topshiradi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Tadbirkorlik subyektining ta’sis hujjatlari (ustav, yig‘ilish bayonnomasi);
Davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiya;
Zarur hollarda, monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligi (davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar uchun);
Taqsimlash balansi (bo‘lishda va ajratib chiqarishda).
Ariza beruvchi so‘rovnomani shakllantirishni istalgan bosqichda to‘xtatish yoki davom ettirish huquqiga ega.
2. Davlat boji
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat boji miqdori BHMning 1 boravari etib belgilangan. YIDXP orqali ariza topshirilganda yig‘im 10 foizga kamaytiriladi.
3. Ro‘yxatga olish
Ariza beruvchi tomonidan barcha hujjatlar to‘liq taqdim etilgandan so‘ng, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayoni amalga oshiriladi. Ro‘yxatga olish jarayoni avtomatlashtirilgan tizim orqali amalga oshiriladi.
Qayta ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi
Qayta ro‘yxatdan o‘tkazish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Yuridik shaxsning manzilini o‘zgartirish;
Ulushning boshqa shaxsga o‘tishi.
Qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza beruvchi YIDXP orqali ariza topshiradi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Yuridik shaxsning yangi manzilini tasdiqlovchi hujjatlar;
Ulushning boshqa shaxsga o‘tishini tasdiqlovchi hujjatlar.
Qayta ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida davlat boji to‘lanmaydi, agar qayta ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilgan kundan 5 ish kuni ichida murojaat qilinsa.



Shumanoy tumani adliya bo‘limi
Davlat xizmatlar markazi direktori                           Bahadir  Dauletmuratov