Янгиликлар
26
Odam savdosi-davr muammosi
Odam savdosi-davr muammosi
Odam savdosi bugungi kunda butun dunyo bo‘ylab keng tarqalgan jiddiy muammolardan biridir. Bu jinoyat shakli inson huquqlarining qo‘pol ravishda buzilishi bo‘lib, ko‘plab begunoh insonlarning taqdirini izdan chiqaradi. Odam savdosi deganda insonlarni aldash, majbur qilish yoki zo‘rlik bilan boshqa joyga olib borib, mehnatga majburlash, jinsiy ekspluatatsiya, organ savdosi yoki boshqa g‘arazli maqsadlarda foydalanish tushuniladi.
O‘zbekiston Respublikasi ham bu tahlikali jinoyatga qarshi keskin choralar ko‘rmoqda. Yurtimizda odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha qonunlar qabul qilingan, maxsus idoralar tashkil etilgan, hamda aholining huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Odam savdosining oldini olish uchun avvalo, fuqarolarning ogohligi va huquqiy bilim darajasi yuqori bo‘lishi lozim. Ayniqsa, xorijga chiqish niyatida bo‘lganlar ishonchli manbalar orqali rasmiy ishga joylashishlari, shubhali takliflardan voz kechishlari kerak.
Shuningdek, yoshlar orasida internet orqali tarqalayotgan yolg‘on e’lonlar va soxta firmalarga ishonib qolish holatlari ham uchrab turadi. Shuning uchun ota-onalar farzandlariga mehr berish, ularni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirishda faol bo‘lishlari zarur.
Xulosa qilib aytganda, odam savdosi faqat hukumat yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning emas, balki har bir fuqaroning diqqat markazida bo‘lishi kerak bo‘lgan muammodir. Bunday illatlarga qarshi kurashish – barchamizning burchimizdir.
Amudaryo tumani Adliya bo'limi
FHDY bo'limi mudirasi M.Eshmuradova