Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi


Bir fuqaroning murojaati ijobiy yechim topti

Odam hayotda koʻplab muammo va masalalarga duch keladi. Bunda, birinchi navbatda oʻzi va yaqinlari jabr koʻradi. Ayniqsa, hujjat ishlarini oʻz vaqtida hal etilmasa kelgusida, fuqaroning ortiqcha sarsongarchiligiga sabab boʻladi. Shunday holatlarga barham berish va uni oldini olish esa barchamizning vazifamizdir.
Yurtimizda inson qadrini ulugʻlash, ularga zarur sharoitlarni yaratish boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Bugun har bir soha va tarmoqda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida ishlar tashkil etilmoqda. Jumladan, Adliya vazirligining tashabbusi bilan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida Adliya vazirligi sohasida fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolari hal etilib, ularning murojaatlari tez fursatlarda koʻrib chiqilmoqda.
Jumladan, Taxiatosh tumanida yashovchi Niyazova Peruza mana bir necha oydirki, 1998-yil tugʻilgan egizak farzandlarining oʻlim haqida guvohnomasini olish uchun turli qiyinchiliklarga duch kelgan. U huquqiy savodqonligi yoʻqligi sababli farzandlarining oʻlimini qayd etishni bilmagan. Oradan yillar oʻtib, farzandlarining hujjatlarini toʻgʻrilashga kirishdi. U dastlab, tuman Adliya boʻlimiga murojaat qildi va Taxiatosh tumani Adliya boʻlimi tomonidan Nukus tumanlararo fuqarolik sudiga ariza kirtilib Niyazova Peruzaning murojaati ijobiy hal etilib, Taxiatosh tumani fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimi tomonidan oʻlim haqidagi guvohnoma rasmiylashtirilib berildi.
Baʻzan ota-onalarning beparvoligi sabab oʻz vaqtida hal etilmagan yumushlar yillar oʻtib turli koʻngilsizliklarga sabab boʻlish mumkin. Shunday holatlarga barham berish uchun esa, tugʻilganlik va shunga oʻxshash hujjatlarni oʻz vaqtida qayd etish ortiqcha yugur-yugurlarni oldini olishga xizmat qiladi.

Taxiatosh tumani Adliya bo’limi
FHDY boʻlimi mudiri v.v.b                                                  Sh.Shalabaev