Янгиликлар
25
Nogironligi bo‘lgan shaxsning huquqlari himoya qilindi
Nogironligi bo‘lgan shaxsning huquqlari himoya qilindi
Bugungi kunda, Hurmatli Prezidentimizning 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish va ixcham boshqarish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-80-son Farmoni talablaridan kelib chiqib, tuman adliya bo‘limi tomonidan mahallalarda aholi orasida huquqiy muammoni aniqlash, tahlil etish va ularni bartaraf etish bog‘liq ishlarni samarali tashkil etish maqsadida uyma-uy yurish orqali muammolar aniqlanmoqda.
Xususan, “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida tuman adliya bo‘limi tomonidan “Qusxanatov” ovul fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan xatlov natijasida ushbu hududda yashovchi fuqaro A.N qo‘shnisiga nisbatan yer va mol-mulk solig‘i ko‘p hisoblanayotganligidan norozi bo‘lib bildirilgan huquqiy muammosi bo‘yicha qonun doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida fuqaro A.Nning II guruh nogironligi borligi aniqlanib, uning huquqlarini himoya qilish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan soliq inspeksiyasi boshlig‘i nomiga taqdimnoma kiritildi.
Natijasi bo‘yicha fuqaro A.Nga tegishli bo‘lgan yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlanib, soliq qarzdorligi kamaytirilidi va fuqaro A.Nning huquqlari himoya qilinishi ta’minlanib, huquqiy muammo ijobiy hal etildi.
Bo‘zatov tumani
adliya bo‘limi boshlig‘i Kazbek Paluaniyazov