Янгиликлар
25
362 nafar xodimlarning buzilgan huquqlari tiklandi
362 nafar xodimlarning buzilgan huquqlari tiklandi
Bugungi kunda, Hurmatli Prezidentimizning 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish va ixcham boshqarish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-80-son Farmoni talablaridan kelib chiqib, tuman adliya bo‘limi tomonidan mahallalarda aholi orasida huquqiy muammoni aniqlash, tahlil etish va ularni bartaraf etish bog‘liq ishlarni samarali tashkil etish maqsadida uyma-uy yurish orqali muammolar aniqlanmoqda.
Xususan, “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida tuman adliya bo‘limi tomonidan “Bo‘zatov” shaharcha fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan xatlov natijasida ushbu hududda joylashgan tuman tibbiyot birlashmasida ishlovchi xodimlarga 2025 yil yanvar oyi ish-haqilari to‘lanmayotganligi yuzasidan kelib tushgan huquqiy muammo bo‘yicha qonun doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.
Natijasi bo‘yicha tuman adliya bo‘limi tomonidan tibbiyot birlashmasi boshlig‘i nomiga taqdimnoma kiritilib, taqdimnoma asosida 362 nafar xodimlarga jami 386 mln 101 ming 990 so‘m miqdoridagi ish-haqilari to‘lab berilishi ta’minlanib, huquqiy muammo ijobiy hal etildi.
Bo‘zatov tumani
adliya bo‘limi boshlig‘i Kazbek Paluaniyazov