Янгиликлар
25
Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi
Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi
Ta‘kidlash joyizki, O‘zbeksiton Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-avgust kungi 531-son qarorining 1-Ilovasi bilan “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomi tasdiqlandi.Mazkur Nizomga asosan 2025-yil 1-yanvardan maktab direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish hamda maxsus portal orqali ularga menejerlik sertifikatini elektron berish tizimi joriy qilindi.
Nizomda, sertifikatga ega direktorlar 3 yil davomida malaka oshirish kurslaridan ozod etilishi belgilandi. Qarorga ko‘ra, A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot institutida maktab direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish hamda maxsus portal orqali ularga menejerlik sertifikatini elektron berish tizimi joriy qilindi.
Nizomga muvofiq, maktablarga faoliyat yuritayotgan direktorlar har 5 yilda bir marotaba menejerlik sertifikatini olishi talab etiladi. Bunda sertifikatga ega direktorlar uni olgandan 3 yil davomida malaka oshirish kurslaridan ozod etilishi belgilangan.
Nizomga muvofiq, nomzodlar maxsus portal orqali elektron ro‘yxatdan o‘tadi hamda o‘quv kursida o‘qish uchun ariza topshiradi. Arizalar har oyning 5-sanasigacha (iyul-avgust oylari bundan mustasno) qabul qilinadi.
Nizom bilan, o‘quv kurslari 20−30 nafar tinglovchidan iborat akademik guruhlarda tashkil etiladi. O‘quv kurslarining davomiyligi 144 soatni tashkil yetib, 1 oy davomida oʼqitilishi belgilandi. Nomzodlarning ixtiyoriy tanlovi asosida o‘quv kurslari ishlab chiqarishdan ajralgan yoki ajralmagan (masofaviy, onlayn) holda tashkil etilishi mumkinligi ham belgilandi.
Nizomga ko‘ra, o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan nomzodlar sertifikat berish bo‘yicha yakuniy sinovlarga qo‘yiladi. Direktorlarning o‘qish davrida ularning asosiy ish joyi bo‘yicha lavozimi va amaldagi o‘rtacha ish haqi miqdorlari saqlab qolinadi. Mazkur tartib quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar;
jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari;
sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalari;
ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar;
alohida sharoitlarda taʼminlash, tarbiyalash va taʼlim berishga muhtoj bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar.
Mazkur Qarorning 2-bandi a) kichik bandiga ko‘ra, 2025 yil 1 sentyabrdan boshlab menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan tashkilot direktoriga ushbu sertifikatning amal qilish muddati davomida lavozim maoshiga har oylik 30 foiz qo‘shimcha ustamalar to‘lash belgilangan.
Mazkur Nizomning, 4-bob, 47-bandiga asosan, sertifikat 5 yil davomida amal qilishi, shuningdek nomzodlar sertifikatning amal qilish muddati davomida amal qilish muddatini uzaytirish maqsadida, qayta menejerlik sertifikatini olish bo‘yicha yakuniy sinovlarda ishtirok etishi belgilangan.
Xulosa qilib aytganda, mazkur Nizom mamlakatimizda Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktori lavozimiga yuqori professional, malakali, zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalariga ega bo‘lgan kadrlarni tayinlashga yordam berishi, shubhasiz.
To‘rtko‘l tuman adliya bo‘limi,
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti Davranbek Аllabergenov