Янгиликлар
25
BOLA HUQUQLARI KAFOLATLARI TO‘GʻRISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUN MAZMUN-MOHIYATI
BOLA HUQUQLARI KAFOLATLARI TO‘GʻRISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUN MAZMUN-MOHIYATI
Insonning 18 yoshgacha kechirgan umri bolalik, voyaga yetmagan davri hisoblanadi. Voyaga yetmaganlarning huquq va erkinliklari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa qonun hujjatlari jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Oila Kodeksi, xalqaro miqyosda esa “Bola huquqlari to‘g‘risida Konvensiya” orqali kafolatlanadi.
Olingan statistik ma’lumotlarda qayd etilishicha, hozirgi kunda mamlakatimiz aholisining qariyb 40 foizini 18 yoshga yetmagan shaxslar tashkil qiladi. Shu bois xam bola huquqlarini himoya qilish davlatimiz oldida turgan ustuvor vazifalardan bo‘lib, yurtimizda mazkur sohaga doir qonunchilik bazasi muntazam ravishda takomillashtirilib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi
1991-yilda “Inson huquqlari umumjaxon deklaratsiyasi”ga, 1992-yilda “Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risidagi konvensiya”ga qo‘shildi. 2008-yil 7-yanvarda “Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”gi, 2010-yil 30-sentyabrda “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarlik profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilinib, amaliyotga tadbiq etilganligi fikrimiz tasdig‘idir.
Konstitutsiyamizda har kim bilim olish huquqiga egaligi, bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanishi qat’iy belgilangan. Ayni paytda maktab ishlari davlat nazoratidadir.
“Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ham Konstitutsiyamiz g‘oyalariga hamohang, desak to‘g‘ri fikrni bergan bo‘lamiz. Mazkur qonunning 8-moddasida yashash huquqi har bir bolaning uzviy huquqi ekanligi, bola hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyat hisoblanishi ta’kidlangan. Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uning ota-onasi, ota - onasining o‘rnini bosuvchi shaxslar, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa vasiylik va homiylik organi, prokuror, sud tomonidan amalga oshiriladi. Albatta har qanday qonunning kuchi uning ijrosi hamda ishlash mehanizmining samaradorligiga bog‘liqdir. Xususan, bola huquqlarini ximoya qilish va davlat boshqaruv organlari faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan “Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar faoliyatini takomillashtirish haqida”gi Qarori ham bundan mustasno emas. Vazirlar Mahkamasining 2011 - yil 17 - yanvardagi 13-sonli qaroriga muvofiq, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar faoliyati va funksiyalarini yanada takomillashtirish choralari ko‘rilmoqda. Yana bir e’tiborli jihati mamlakatimizda bolalar tarbiyasi va g‘amxo‘rlik masalasi bilan davlat organlaridan tashqari nodavlat tashkilotlari, xususan, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi, “Sen yolg‘iz emassan” bolalar jamg‘armasi “Mahalla” jamg‘armasi, Yoshlar Ittifoqi agentligi ham shug‘ullanmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda, yurtimizda bola huquqlari va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha o‘ziga xos milliy huquqiy tizim shakllangan bo‘lib, mamlakatimiz mazkur yo‘lda dadil qadam tashlayotgan davlatlardan biri hisoblanadi. Bu o‘z navbatida, dunyo hamjamiyati tomonidan ham tan olinib, yuqori baholanyapti.
Beruniy tumani adliya bo‘limi
davlat xizmatlari markazi
bosh mutaxassisi F.Abdalov