Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Qoraqalpogʼiston Respublikasining Konstitutsiyasi


          Qoraqalpogʼiston Respublikasining Konstitutsiyasi

          Barchamizga maʼlumki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1993-yil 9-aprelda qabul qilingan. Inson huquqlariga va davlat suvereniteti g‘oyalariga sodiqligini tantanali ravishda eʼlon qilib, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak masʼuliyatni anglagan holda, Qoraqalpog‘iston davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanib, demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqatini namoyon qilib, xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan holda, respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini taʼminlashga intilib, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni ko‘zlab, fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini taʼminlash maqsadida, o‘zining muxtor vakillari siymosida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi
6-bo‘lim, 26-bob, 121-moddadan iborat.
         Konstitutsiyning birinchi bo‘limida asosiy prinsiplar Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qilishi Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida masʼulligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z maʼmuriy-hududiy tuzilishi masalalarini mustaqil hal qilishi, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tizimini belgilaydi, O‘zbekiston Respublikasi siyosatiga mos siyosatni olib boradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining hududi va chegaralari daxlsiz bo‘lib, o‘zgartirilishi va bo‘linishi mumkin emasligi belgilangan. Bundan tashqari Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari hurmat qilinishini taʼminlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratilishi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari — bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga ega ekanligi belgilab qo‘yilgan. Ikkinchi bo‘limida inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari, uchinchi bo‘limida jamiyat va shaxs, to‘rtinchi bo‘lim maʼmuriy hududiy tuzilish, beshinchi bo‘lim Davlat hokimiyatining tashkil etilishi, oltinchi bo‘lim Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish tartibi belgilangan. Konstitutsiyada belgilangan prinsip va normalar bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishda va fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlashda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Beruniy tumani adliya bo‘limi yuridik
xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i
1-darajali yuristi                                                                                    M.Kamalova