Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Yangi O’zbekiston – yangi islohotlar: mahallarga e`tibor yanada kuchaytirilmoqda


Yangi O’zbekiston – yangi islohotlar: mahallarga e`tibor yanada kuchaytirilmoqda

Yangi O’zbekistonda mahallalarga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Mustaqillik yillarida yurtimizda mahalla tizimida misli ko’rilmagan o’zgarishlar amalga oshirildi. Xalqimiz ongi, dunyoqarashi o’zgardi. Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyevning “... bugun mahalla katta ijtimoiy kuch sifatida maydonga chiqishi zarur. Chunki faollar, ko‘pni ko‘rgan oqsoqollar, tajribali nuroniylarimiz, agar istasa, jamoatchilik bilan birgalikda har qanday muammoni hal qilishga, xato qilgan yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga solishga qodirdir” – deb ta’kidlaganligi bugungi mahalla tuzilmasi zimmasida katta mas’uliyat yuklanganligidan dalolat beradi.
2025-yilda O'zbekiston mahallalarida huquqbuzarliklarning oldini olish va xavfsiz muhitni yaratish bo'yicha yangi, kompleks tizim joriy etilmoqda.
Prezidentimiz tomonidan 2025-yil 3-yanvar kuni imzolangan 1-sonli qaror mahalladagi tinchlik va osoyishtalikni yanada mustahkamlashga qaratilgan muhim qadamdir.
Mahalla azaldan o'zbek xalqining o'ziga xos boshqaruv tizimi, ijtimoiy hayotining ajralmas qismi bo'lib kelgan. Bugun esa mahalla nafaqat an'anaviy qadriyatlarni saqlab qolish, balki zamonaviy jamiyatning dolzarb muammolarini hal qilish markaziga aylanmoqda. Yangi qaror aynan shu yo'nalishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Qarorga ko'ra, 2025-yilda quyidagi asosiy yo'nalishlar bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshiriladi:
Birinchidan, mahallalarda profilaktika inspektorlarining yangi tizimi joriy etiladi.
Har bir mahallada profilaktika inspektorlari faoliyati tubdan qayta tashkil etiladi. Endi ular nafaqat huquqbuzarliklarning oldini olish, balki aholining ijtimoiy muammolarini hal qilishda ham faol ishtirok etadi. Profilaktika inspektorlari uchun yangi lavozimlar joriy etilib, ularning vakolatlari va mas'uliyatlari aniq belgilab beriladi.
Ikkinchidan, "Xavfsiz mahalla" konsepsiyasi yaratiladi.
Har bir mahallada xavfsizlikni ta'minlashning kompleks dasturi ishlab chiqiladi. Bu dastur mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda, zamonaviy texnologiyalardan foydalanishni, jamoatchilik nazoratini kuchaytirishni va profilaktika choralarini o'z ichiga oladi.
Uchunchidan, yoshlar bilan ishlashga yanada ko‘proq e’tibor qaratiladi.
Yoshlar o'rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo'yicha maxsus dasturlar ishlab chiqiladi. Bu dasturlar sport, madaniyat va ta'lim sohalarini qamrab oladi. Yoshlarni foydali mashg'ulotlarga jalb qilish orqali jinoyatchilikning oldini olishga alohida e'tibor qaratiladi.
To‘rtinchidan, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish yanada oshiriladi.
"E-mahalla" va "E-profilaktika" tizimlari integratsiyasi amalga oshiriladi. Bu tizimlar orqali huquqbuzarliklarni monitoring qilish, statistik ma'lumotlarni to'plash va tahlil qilish imkoniyati yaratiladi.
Beshinchidan, mahalla faollarining roli oshiriladi.
Mahalla faollari, nuroniylar va faol fuqarolar bilan hamkorlik yanada kuchaytiriladi. Ular huquqbuzarliklarning oldini olishda, ijtimoiy nazoratni amalga oshirishda muhim o'rin tutadi.
Bundan tashqari, qarorga muvofiq, tuman va shahar sektorlari rahbarlari, Milliy gvardiya qo'riqlash xizmati boshliqlariga va ichki ishlar organlari boshliqlarining o'rinbosarlariga
2025-yilda mahallalar nomma-nom biriktirildi. Bu yangi tizimda har bir rahbar o'ziga biriktirilgan mahallaning xavfsizligi va osoyishtaligi uchun shaxsan javobgar etib belgilandi. Rahbarlar bevosita joyiga chiqib, mahallalardagi kriminogen vaziyatni o'rganib, jinoyatchilikka sabab bo'layotgan omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini ko'rmoqda. Ular har oyda vaziyatni tahlil qilib, natijalar bo'yicha yuqori turuvchi organlarga hisobot berib boradi. Bu esa mahallalardagi muammolarni "yuqoridan" emas, balki bevosita joyida o'rganish va hal etish imkonini beradi. Ayniqsa, ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklar, ishsizlik va boshqa dolzarb masalalarni hal etishda rahbarlarning shaxsiy ishtiroki muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Yangi tizimning joriy etilishi natijasida mahallalarda jinoyatchilik darajasi sezilarli darajada pasayishi, ijtimoiy muammolarning o'z vaqtida aniqlanishi va hal etilishi, jamoat tartibini saqlashda aholi ishtirokining ortishi, profilaktika ishlarining samaradorligi oshishi kutilmoqda.
Yangi tizimda huquqbuzarliklarning oldini olish bilan bir qatorda, aholining ijtimoiy himoyasiga ham katta e'tibor qaratiladi. Profilaktika inspektorlari nafaqat huquqni muhofaza qilish, balki ijtimoiy yordam ko'rsatish vakolatiga ham ega bo'ladi.
Qarorning yana bir muhim jihati - kadrlar tayyorlash masalasidir. Profilaktika inspektorlari uchun maxsus o'quv dasturlari ishlab chiqiladi, ularning malakasi muntazam oshirib boriladi. Bu esa xizmat sifatini oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, profilaktika inspektorlari uchun yangi malaka talablari belgilanadi. Ular nafaqat huquqni muhofaza qilish sohasida, balki psixologiya, konfliktologiya va ijtimoiy ish bo'yicha ham bilimga ega bo'lishi talab etiladi. Ta’kidlash o‘rinliki yangi tizimni joriy etish uchun zarur moliyaviy resurslar ajratiladi. Profilaktika inspektorlarining ish haqi oshiriladi, zamonaviy texnik vositalar bilan ta'minlanadi.
Tizimning samarali ishlashini ta'minlash uchun kuchli nazorat va monitoring mexanizmlari joriy etiladi. Har oylik va choraklik hisobotlar, muntazam tekshiruvlar va natijalarni baholash tizimi yo'lga qo'yiladi.
Yangi qaror mahallalarda xavfsizlikni ta'minlash borasida muhim qadam bo'ldi. Bu tizim to'liq joriy etilgach mahallalar yanada xavfsiz va osoyishta maskanga aylanadi, ijtimoiy muammolar samarali hal etiladi, aholi va davlat organlari o'rtasidagi hamkorlik kuchayadi, profilaktika ishlari yangi bosqichga ko'tariladi.
Qarorning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi ko'p jihatdan jamoatchilikning faol ishtirokiga bog'liq. Har bir fuqaro o'z mahallasidagi xavfsizlikni ta'minlashda ishtirok etishi, huquqbuzarliklarning oldini olishda faol bo'lishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Yangi tizimda mahalla va oila institutining o'rni alohida ta'kidlandi. Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, yoshlarni to'g'ri tarbiyalash orqali huquqbuzarliklarning oldini olish muhim yo'nalish sifatida belgilangan.
Mazkur qaror mamlakatimizda xavfsiz va farovon jamiyat qurish yo'lidagi muhim qadam bo'ldi. Bu tizimning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi har birimizning faol ishtirokimizga bog'liq va barcha birgalikda o'z mahallalarini yanada xavfsiz va farovon maskanga aylantirishga hissa qo'shishi muhimdir.

Hasiba Abduraxmanova,

To`rtko`l tuman Adliya bo`limi YuXKM bosh yuriskonsulti